Joriy yilning 15 avgustidan boshlab isitish tizimi va issiq suv ta’minoti tariflari ko‘tariladi. Bu haqda «Toshissiqquvvati» korxonasi xabar berdi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, aholi uchun markaziy isitish tizimiga bir oylik tarif turar-joy kvadrat metri uchun 1 772 so‘mgacha oshiriladi (hozir - 1 610,99 so‘m).
Issiq suv ta’minoti uchun yangi tarif hisoblagichsiz kishi boshiga 20 470 so‘mni tashkil etadi (hozir - 18 609,24 so‘m), hisob uskunasi bo‘lganda issiq suv ta’minoti kubometriga 5 242 so‘mga (hozir - 4 765,20 so‘m) teng bo‘ladi.
Umumiy yuvinish xonasi bo‘lgan yotoqxonalarda yashovchilar uchun issiq suv narxi kishi boshiga bir oyda 15 228 so‘mni (hozirda - 13 843,47 so‘m) tashkil etadi.
«Toshissiqlikmarkazi» DUKdan ma’lum qilishlaricha, 15 avgustdan boshlab yetkazib berilayotgan issiq energiyasining ulgurji narxi QQSni hisobga olmaganda, bir Gkal uchun 106 500 so‘m, QQS bilan qo‘shilgan holda 127 800 so‘mni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin hukumat 15 avgustdan boshlab yoqilg‘i, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun narx va tariflarni oshirgandi.
Тасодифий хабарлар
Rossiyada Fergana News agentligi sayti bloklandi
Россияда «омикрон» штамми билан касалланиш ҳолати аниқланди
Шоҳрух рэпер депутат этиб сайланди
Журналист ва блогерларни эшитишга мажбурмиз – Президент
Самарқанд ва Наманган — «қизил» ҳудуд. Бу вилоятларда карантин қоидалари юмшатилмайди