«O‘zbektelekom» AK 2019 yil 1 avgustdan e’tiboran «Teznet business» tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu seriyadagi barcha tarif rejalarida abonent to‘lovi o‘zgartirilmagan holda internetdan foydalanish tezligi 50 foizgacha oshiriladi.
Misol uchun, «Teznet business 1» tarif rejasida tezlik 3 Mbit/s.gacha oshiriladi, avval bu ko‘rsatkich 2 Mbit/s.ni tashkil etar edi. «Teznet business 2»da esa 4 Mbit/s.dan 6 Mbit/s.gacha va «Teznet business 7»da esa tezlik 40 Mbit/s.dan 50 Mbit/s.gacha oshiriladi.
«O‘zbektelekom» AK taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va ularning narxini pasaytirish bo‘yicha muntazam ravishda ish olib bormoqda, deyiladi kompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbektelekom» avvalroq jismoniy shaxslar uchun UNLIM seriyasining ayrim tarif rejalarida tezlikni oshirgan hamda yuqori tezlikdagi internetini 22 foizga arzonlashtirgandi.
Тасодифий хабарлар
Президент: «Эркин фикрли журналистлар тарафида бўлганман ва доимо шу позицияда бўламан...»
ДАВОСИ ЙЎҚ ВИРУС: Короновируснинг жаҳонга “юриши” бошланди
Энергетика соҳасида сусткашликка йўл қўйган раҳбарларга чора кўрилади
Бош прокуратура: «EQUINOX сотиб олинган, TRAILBLAZER эмас»
Хонасига ташлаб кетилган 5 минг долларни олмаган мансабдор рағбатлантирилди