Eron hukumati milliy valyuta – rialdan 4ta nolni olib tashlashni rejalashtirmoqda. Bu mamlakatdagi yuqori inflyatsiyaga qarshi chora sifatida ma’qullandi. Bu haqda Eron hukumati matbuot kotibi Ali Rabiiy ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.
Eron markaziy banki o‘z rejasini yanvar oyi boshida taqdim etgandi.
EIR Donald Tramp Amerika ma’muriyati boshqaruviga kelgach, Vashington tomonidan joriy qilingan iqtisodiy jazo choralari bois, valyuta inqirozini boshdan kechirmoqda.
Eron pul birligi rialning 1 dollarga nisbatan qadri 2015 yilgi 32 ming rialdan, sanksiyalar joriy qilingach, bugungi kundagi 120,000 rialgacha ko‘tarilib ketdi.
Bu o‘z navbatida pul qadrsizlanishiga olib keldi. Mamlakatdagi narx-navo, shu jumladan oziq-ovqat va dori-darmonlar qimmatlashdi. Aksar fuqarolar do‘konlarda u-bu xarid qilishga 1 mln rialdan ko‘p sarflamoqda, deyiladi xabarda.
Тасодифий хабарлар
Расман! Талабалар ойлик ижара тўловининг 50 фоизи қоплаб берилади
Фарғоналик блогер Дима Қаюм «самосуд» қилинди. Ўзи таҳқирланди, телефони синдирилди (Видео)
Фуқаролардан 82 000 долларни алдаб олиб қўйган фирибгарлар ушланди
Номаълум тадбиркор Намангандаги мактабга 25 та телевизор совға қилди
Асли ўзбекистонлик "вор в законе" Ботир Бухарский ушланди