Kosta Rika va Panama huquqni muhofaza qiluvchi idoralari migrantlarni Markaziy Amerika orqali migrantlarni AQShga noqonuniy yo‘llar bilan o‘tkazuvchi xalqaro jinoiy guruhning 50 a’zosini qo‘lga oldi. Bu haqda prokurorlar ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri Reuters agentligiga tayanib.
Kosta Rika migratsiya politsiyasi va prokuratura hamkorlikda Panama va Nikaragua bilan chegaradosh 36ta manzilda yirik amaliyotlar o‘tkazgan hamda jinoiy guruhning 37 a’zosini hibsga olgan.
Panamada esa, federal politsiya ayni guruhga a’zo bo‘lgan yana 12 kishini qo‘lga olgan.
So‘nggi yillarda, mintaqa orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga o‘tuvchilar soni keskin ortgan va Tramp ma’muriyati hamda Meksika va Markaziy Amerika davlatlari hukumatlari o‘rtasida keskinlikka sabab bo‘lgan edi.
AQSh prezidenti Donald Tramp, Meksika va Gvatemala noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatish uchun choralar ko‘rmasa, savdo tariflarini oshirish bilan tahdid qilishgacha borgandi.
Kosta Rika migratsiya politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosariga Stephen Madden so‘zlariga ko‘ra, jinoiy guruh har bir muhojirni orzular mamlakatiga o‘tkazib qo‘yish uchun 7 mingdan 20 ming AQSh dollarigacha pul olgan.
Guruh Osiyo va Afrika mamlakatlari, shuningdek, Kuba va Haitidan kelgan yakka kishilarni olib o‘tgan.
Panamada esa, kanal orqali o‘tish uchun kamida 1,5 ming dollar to‘langan.
Aniqlanishicha, jinoiy guruh a’zolaridan biri mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimlaridan biri bo‘lgan.
Тасодифий хабарлар
Масжид очиб беришга рухсатнома олиб беришни ваъда қилган фирибгар ушланди
Наманганда фуқарони поезд уриб юборди
Зинедин Зидан: «Ла Лигада ҳеч қачон олдиндан нима бўлишини айта олмайсиз»
Зангиота тумани ҳокимлиги ишчиси 120 минг доллар билан қўлга тушди
“ҲАЙИТЛИК ОЛГАН БОЛАЛАР”: Улар пулларини нимага сарфлашмоқда?