Xabarda aytilishicha, tumanda joriy yil 15-sentabrdan hududdagi barcha shaharcha va qishloqlar aholisi, korxonalarning barcha ishchi-xizmatchilari paxta terimiga safarbar qilingan.
Shuningdek, hokim 19-sentabr kuni shu masala bo‘yicha tumandagi 300 ga yaqin fermer xo‘jaligi rahbarlari, hududlardagi terim otryadlari mas’ullari, budjet tashkiloti va idoralari rahbarlarini yig‘ib, majlis o‘tkazgan. Yig‘ilish kechki soat 20:30 dan 22:00 gacha davom etgan.
Tuman moliya bo‘limi boshlig‘i J.Ro‘zmetov va tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Avezov qo‘l ostidagi xodimlarni paxta terimiga chiqargan.
Mazkur holatni o‘rganish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i boshchiligida yuborilgan ishchi guruh Bog‘ot tumaniga borgan O‘rganish natijasida Bog‘ot tumanida haqiqatan mehnat qonunchiligi me’yorlari buzilganligi aniqlangan.
Shunga muvofiq, Bog‘ot tumani hokimi O.Xolboyev, Bog‘ot tumani moliya bo‘limi boshlig‘i J.Ro‘zmetov hamda Bog‘ot tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Avezovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan 2 230 000 so‘mdan 6 690 000 so‘mgacha, jami 15 610 000 so‘m miqdorda jarima tayinlangan.
“Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatning har qanday shakli qonunga xilofdir. Agar Sizni paxta terimi yoki boshqa biror ishga majburlashsa yoki shunday holatga duch kelsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, dmi.mehnat.uz sayti yoki @mehnathuquqbot Telegram-botiga murojaat qiling”, — deyiladi vazirlik xabarida. Manba: Daryo uz
Тасодифий хабарлар
Марҳаматлик ҳамшира 400 доллар пора билан ушланди
Ўзбекистондаги тиббиёт муассасаларида 300 млн сўмга яқин кафолатланмаган хизматлар кўрсатилгани аниқланди
АҚШ урушда ким ғалаба қозонишини айтди
Ўзбекистон чегараларини қачон очишини маълум қилди
Трамп маъмурияти Green Card эгаларини депорт қилиши мумкин