Ayni damda oʻzbekistonlik tankchilar Moskva viloyatida joylashgan “Alabino” harbiy poligonida “Tank biatloni” musobaqasiga tayyorlanmoqda.
Oʻzbekiston jamoasi “ArMI-2019” Xalqaro armiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining belgilangan manzilga yetib bordi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
“Ayni damda hamyurtlarimiz Moskva viloyatidagi “Alabino” dala-oʻquv maydonida “Tank biatloni” va “Dala oshxonasi” musobaqasiga soʻnggi tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib borishmoqda” – deyilgan xabarda.
Harbiylarimiz musobaqa oʻtkaziladigan oʻquv joylari bilan yaqindan tanishib, shartlar buyicha puxta tayyorgarlik koʻrmoqda. Har bir davlatning dala-oʻquv maydoni bir-biridan maʼlum maʼnoda farq qilishi tabiiy. Shu bois mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan harbiy xizmatchilar dala-oʻquv maydonining musobaqa boʻlib oʻtadigan har bir nuqtasini sinchiklab oʻrganib chiqmoqda.
“Tank biatloni” musobaqasida ilk bor ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz 13 ta jamoa bilan kuch sinashadi. Maxsus muxbirlarimizning xabar berishicha, bugun “Tank biatloni” musobakasiga quʼra tashlash marosimi boʻlib oʻtadi.
Jamoamizning yashash shart-sharoitlari, “ArMI – 2019” musobaqasiga koʻrilayotgan tayyorgarlik jarayoni Mudofaa vazirligining masʼul ofitserlari tomonidan uzluksiz nazorat qilib borilmoqda. Ularga nufuzli musobaqa oldidan soʻnggi koʻrsatmalar berilyapti.
Eslatib oʻtamiz, "Tank biatloni" – ekipajlar orasida tankni boshqarish va unga oʻrnatilgan asosiy hamda zaxira qurollaridan moʻljalga aniq otish boʻyicha amaliy musobaqa hisoblanadi. U Xalqaro armiya oʻyinlari (ArMI) dasturiga kiritilgan boʻlib, eng nufuzli musobaqa hisoblanadi.
“Tank biatloni” xalqaro musobaqalari 2013 yildan Rossiya Federatsiyasida muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Oʻtgan davr mobaynida ushbu musobaqada Rossiyalik tankchilar doimi 1 oʻrinni egallab kelishgan. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni Xitoy va Qozogʻistonlik tankchilar, Armaniston va Belarus tankchilari 4-5 oʻrinlarni egallab kelishgan.
Oʻtgan yil boʻlib oʻtgan “Tank biatloni”da Oʻzbekiston ishtirok etimagan boʻlsada, oʻzbekistonlik kuzatuvchilar kelib vaziyatni oʻrganib, musobaqalarni batafsil kuzatishgan edi.
Тасодифий хабарлар
Samarqandda yuzlab it va mushuklarni zaharlab o‘ldirgan mansabdor shaxslar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi
Мактаб фаолияти қачондан тикланиши маълум бўлди!
Хитойда илк бор инсонга чўчқа ўпкаси кўчириб ўтказилди
Андижондаги “Дунё садолари” фестивалига 6 миллиард сўм маблағ сарфланди
Тарихдаги энг катта кибер ҳужум уюштирилди – Марк Цукерберг «Титаники» «айсберг»га урилди