Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi Bilol Erdo‘g‘on boshchiligidagi delegatsiyasi Buxoroda bo‘ldi.
Mehmonlarni Buxoro xalqaro aeroportida viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev kutib oldi.
Viloyat rahbari va Bilol Erdo‘g‘on o‘rtasidagi muloqotda O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasida savdo-sanoat, ijtimoiy-madaniy yo‘nalishlardagi aloqalar haqida fikr almashildi.
Bilol Erdo‘g‘on va uning hamrohlari Naqshbandiya tariqati silsilasiga mansub yetti pir qadamjolarini ziyorat qildi.
G‘ijduvon tumanida turkiyalik mehmonlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot amaliy tarzda o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida G‘ijduvon tumani hamda Istambul viloyatining Beyolu tumani o‘rtasida «Birodarlashgan shahar» memorandumi imzolandi. Unda ikki tomonlama, xususan, madaniy aloqalarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati
— Buxoro Islom dini sivilizatsiyasi va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan qadim muqaddas va mo‘’tabar zaminlardan biri sifatida e’tirof etilishi bejiz emas, — dedi Beyolu tumani hokimi Haydar Ali Yildiz. — Bu yerdan yetishib chiqqan ulamolar tomonidan qoldirilgan ilmiy-ma’naviy meros, ko‘hna an’ana va qadriyatlar dinimizni to‘g‘ri va oqilona saqlash, targ‘ib etish va rivojlantirishda beqiyos ahamiyatga ega. Shu ma’noda «Yetti Pir» bo‘ylab qilingan ziyorat bizda katta taassurot qoldirdi. Islom olamining yetuk namoyandalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldik.
Turkiya delegatsiyasi Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan «Qovun sayli»da ham ishtirok etdi.
Тасодифий хабарлар
Аукционда бўлган "30 З 777 ЗЗ" рақами тақилган автомобил сурати тарқалиши бўйича расмий изоҳ берилди
«Навбаҳор» мухлиси «Сўғдиёна» билан ўйиндан сўнг автоҳалокатга учради. У ёлғиз ўғил ва уч қизнинг отаси эди
Президент совутгич ишлаб чиқарадиган заводни ишга туширди
Доллар қимматлашди, евро тушишда давом этмоқда
Рамзан Қодировнинг танқидчиси Тумсо Абдураҳмонов ўлгани рад этилди