«Kuşerbayevga qarşi körsatma bersang, seni öyindan çiqarib yuboramiz deyişdi». 21 yoşli tadbirkor sudidan reportaj

«Kuşerbayevga qarşi körsatma bersang, seni öyindan çiqarib yuboramiz deyişdi». 21 yoşli tadbirkor sudidan reportaj

7 sentyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Oqqörğon tuman sudida Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanidagi «Qöşyoğoç oltin fayzli baliqlari» MÇJ rahbari Javohir Zokirjonovga nisbatan oçilgan jinoyat işi böyiça navbatdagi sud majlisi bölib ötdi. Tuman sudi raisi Jahongir Saidov boşçiligida ötkazilgan sud jarayonida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev ham guvoh sifatida iştirok etdi.

Bu haqda «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

«Qamoqda uşlab turişlariga heç qanday asos yöq»

Sud jarayoni boşlanişidan avval sudlanuvçi Javohir Zokirjonovning onasi Nodira Qöziyeva OAV vakillariga intervyu berdi. Uning taʼkidlaşiça, Qöziyeva beş nafar öğli bilan 2014 yili tadbirkorlikka qöl uradi. Dastlab özi yaşaydigan «Qöşyoğoç» mahallasida oziq-ovqat dökonini qurib, işga tuşiradi. Şundan söng tijorat banklaridan kredit olib, faoliyatini kengaytirişga kirişadi. Yillar davomida aholi ehtiyoji va talabidan kelib çiqib, öquv markazi, mahalla guzari, ovqatlaniş şoxobçasini bunyod etadi. Asta-sekin işi rivojlangaç, «Qöşyoğoç» MFY va mahalla inspektori uçun alohida xizmat xonasi hamda xotira maydonini barpo qiladi.

«Men hamişa Prezidentimizning biz tadbirkorlarga qilgan murojaatini qöllab-quvvatlaganman, labbay, deya amaldagi işlarim bilan javob berişga intilganman. Baliqçilik tarmoği taraqqiyotiga qaratilgan eʼtibor tufayli mazkur sohada ham iş boşlaşga qaror qildik. 2017 yilning dekabr oyida beşinçi farzandim Javohir nomiga «Qöşyoğoç oltin fayzli baliqlari» MÇJni taşkil etdik. Öşa paytda tuman hokimligi tomonidan bizga yer ajratişda byurokratik tösiqlar bölgani uçun deputat Rasul Kuşerbayevdan saylovçi sifatida yordam söraganman. Rasul bizning mahalla odami, unga har qanaqa masalani yeçişda kömaklaşişini söraşga haqlimiz. U har doim «Kelişmovçilik, tuşunmovçiliklar bölsa, aytaveringlar, men tayyorman», deydi. Uning aralaşuvi bilan öğlimning tadbirkorligi uçun yer berildi.

Ötgan yili bankdan 30 million söm kredit olib, baliqçilikni endi boşlaş arafasida turganimizda hokimlik, departament va prokuratura xodimlari kelib, qişloq tipidagi töyxona qurişga möljallangan yer maydonim va boşqa quriliş işlarini töxtatişimni aytişdi. Men oğzaki emas, yozma tarzda murojaat qilişlarini bildirdim. Ular öğillarimning bolaligidan foydalanib, toş, şağal sotişda ayblaşdi va böyniga katta miqdorda qarz ilişdi. Tekşiruvni ham bizga bilintirmay ötkazişdi. Aslida toş-u şağalni ekologiya, hokimiyat odamlari sotib yuborişgan. Farzandimga esa tuhmat uyuştirişdi. Şu yilning 4 fevral kuni öğlimga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, ikki kundan söng qamoqqa olişdi. Hammasi birdaniga, kutilmaganda amalga oşirildi. Bir yildirki, adolat izlab prokuratura, hokimlik vakillari bilan kuraşib kelyapman.

Tergovçi Jamolşer Rustamov bilan gaplaşganimda u ‘Meni qarğamang, xola, onam sizdan yoş. Men tepadan kelgan buyruqni bajaryapman xolos’, degan. Uç oy Boş prokuratura eşigi oldida kunim ötdi. Javohirni yetti oydan buyon qamoqda uşlab turişlariga heç qanday asos yöq. Buni har safar sud jarayonida aytyapman. Ammo inobatga olişmayapti.

Biz keça yoki bugun iş boşlagan, panadagi oilaviy tadbirkor emasmiz. Farzandlarimning barçasi öğil, boşqa mamlakatlarga çiqib ketmasin, turli tizimlarga qöşilmasin, deya ularning faoliyatini boşqarib kelaman. Doim beşala öğlim bilan bir yoqadan boş çiqarib, iş yuritardik. Mening davlatdan katta miqdorda kredit qarzim bor. Ularni qanday tölayman? Hozir içimda nima keçayotganini faqat özim bilaman», — dedi Nodira Qöziyeva.

21 yoşli tadbirkor qanday jinoyatda ayblanmoqda?

Tergov organi ayblov xulosasiga köra, Zokirjonov «Qöşyoğoç oltin fayzli baliqlari» MÇJ rahbari va mansabdor şaxs sifatida mazkur jamiyat taşkil qilingan kundan to qamoqqa olingunga qadar (2020 yil 6 fevral) tuğişgan akasi Bekzod Qöziyev bilan oldindan jinoiy til biriktirib, guruh bölib, öz mansab-mavqeyini suiisteʼmol qiladi.

Ular hukumat va Prezident tomonidan qabul qilingan bir qança hujjatlardagi taqiq hamda talablarni zid ravişda buzadi. Yangiyöl tumani hokimi qarori bilan «Qöşyoğoç oltin fayzli baliqlari» MÇJga baliq boqiş uçun sunʼiy hovuz qurilişini loyihalaştiriş maqsadida ajratilgan 11,8 gektar yer maydonining 4,0 qismidan 2019 yilning iyun—sentyabr oylarida 57 ming 218 metr kub hajmdagi qum-şağal aralaşmalarini iş haqi va boşqa maqsadlarda hisob-kitob qiliş uçun hududdan olib çiqib ketilişiga yöl qöyadi. Şu bois ular öziga işonib topşirilgan va ixtiyorida bölgan özganing 600 million 789 ming 105 sömlik mulkini özlaştiriş va rastrata yöli bilan talon-toroj qilişda ayblanmoqda.

Ayblanuvçining himoyaçisi «Simay kom» advokatlik firmasi advokati Umidbek Davlatov «Daryo» muxbiriga maʼlum qilişiça, Zokirjonov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3 qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, qamoqda saqlanmoqda. Advokat uşbu jinoyat işi doirasida bir qança protsessual tartiblar buzilgani, sudlanuvçining aybdorligini isbotlaş uçun yetarli dalil mavjud emasligini eʼtirof etib, oqlov himoya pozitsiyasida ekanini bildirdi.

«Oramizda uluş, pul beriş holatlari yöq»

Sud zalida advokat Umid Davlatov öz himoyasi ostidagi ayblanuvçi Javohir Zokirjonovga bir qança savollar bilan yuzlandi.

21 yoşli tadbirkor esa «Jamolşer ismli prokuror dastlabki tergov jarayonida meni söroq qilganida «‘Tankaʼng kim, bunça işni bir özing qilolmaysan. Agar akang yoki özing ‘tankaʼng Kuşerbayevga qarşi körsatma bersang, seni ‘öyinʼdan çiqarib yuboramiz. Bölmasa, yoşsan, bekordan bekor qamalib ketasan. Davlat mulkini talon-toroj qiliş uning (Rasul Kuşerbayev) işi, sening nomingga joy berilgan, barça işni u qilgan. Şunday körinişda yozib bersang, böldi», dedi. Ammo men uning gaplarini rad etdim.

Tadbirkorlik faoliyatimga Rasul akaning sira aloqasi yöq, ammo yordami bor. Faoliyatimizga tösiqlar bölganida undan yordam söraganmiz va u vakolatidan kelib çiqib yordam bergan. Lekin oramizda uluş, pul beriş holatlari yöq», deya javob berdi.

«Har bir saylovçim uçun turib berişga tayyorman»

Şundan söng Rasul Kuşerbayev advokat Davlatovning «Hurmatli guvoh, hozir sudlanuvçining fikrlarini eşitdingiz. Dastlabki tergov davrida aslida hujjat böyiça direktor yoki faoliyat yurituvçi şaxs bular (J.Zokirjonov) bölgani bilan norasmiy rahbar sifatida sizga körsatma beriş böyiça harakatlar bölgan ekan. Bu holatga siz nima deysiz? Haqiqatan, ‘Qöşyoğoç oltin fayzli baliqlari’ MÇJga sizning aloqangiz bormi?», degan savoliga quyidagiça javob berdi:

«Menga butun respublikadan köplab tadbirkorlar turli masalalarda murojaat qilişadi. Bular (J.Zokirjonov oilasi – tahr.) men yaşaydigan mahallada yaşaşadi, akalarining ham mahallaga köp foydasi teggani uçun tadbirkor sifatida taniyman. Kim nima masalada yordam sörab kelgan bölsa, men yordam berganman. Agar kimgadir qandaydir darajada işining bitişiga yordam berişimni kimdir notöğri tuşunib, buni şaxsiy, öz uluşi bor, deb gapirgan bölsa, bu öşa odamlarning fikri buzuqligidandir.

Bu bolaning akalari baliqçilik xöjaligini oliş vaqtida hujjatlari bitmayotgani bois murojaat qilgan. Öşa vaqtda men hokimiyatga çiqib, hamma hujjatlari bölsa, nega imzo qöyib bermayapsizlar, degan masalani qöyib, yeçimini qilib berganman. Şundan keyin har qanday huquqiy maslahat kerak bölsa, maslahat berib, qöllab-quvvatlab kelganman. Lekin qöllab-quvvatlaş, degani u meniki, degani emas. Agar unday böladigan bölsa, butun respublika böylab qança odamga yordam bergan bölsam, hammasining joyi meniki bölib çiqişi kerak. Bu umuman notöğri qaraş va notöğri iş. Bu haqda eşitganimda juda qattiq asabiylaşdim.

Men deputatlik vakolatimdan kelib çiqib yordam berganman. Agar bular noqonuniy iş qilgan bölsa, jarayon davomida töliq, qonuniy ravişda körib çiqilişi kerak. Qonunlar işlasin. Bular mening saylov okrugimdagi saylovçilarim. Har bir saylovçim uçun şunday turib berişim mumkin. Agar har biri uçun sudga kelib, javob beriş kerak bölsa, men tayyorman.

Bularning jinoyat işi oçilişi bilan parallel ravişda özim yordam bergan boşqa tadbirkorlardan ham menga murojaat bölgan. Ularda ham har xil yöllar orqali xuddi şunday holat kuzatilgan ekan. Afsuski, ular ham mening faoliyatim bilan boğliq bölib çiqqan. Bundan taşqari, otamizdan qolgan yer bilan ham boğliq muammolar kelib çiqdi. Bularning hammasi, negadir bir vaqtda sodir böldi», dedi Kuşerbayev.

Deputat sudyadan nimani iltimos qildi?

Guvoh Rasul Kuşerbayev öz advokati Amurillo Ahmedovning ham qator savollariga javob qaytardi.

«Tergov jarayonida qatnaşişim uçun tergovçi tomonidan çaqiruv qoğozi kelmagan. Zokirjonov işi böyiça janjal kötarilgan vaqtda bu masala böyiça boş prokuror Niğmatilla Tölqinoviçning qabuliga kirganman. Ularga ham ‘delölarni taqdim qilganman. Davlat uluşi yöq bölsa, bu iş qanaqasiga qözğatilgan? 167-moddani bunga qöllab bölmaydi aslida, deya menga öz fikrlarini bildirgan. Tergov davomida men bilan boğliq yana qöşimça tekşiruvlar ötkazişdi. Yakunda özlari bayonot berdi. Lekin hozir sezişimça, bir-biriga töğri kelmayapti. Buning tagiga sudya yetadi, degan umiddaman.

Şu örinda sudyaga bir qança savollarim bor. 3-4 kun oldin Zokirjonov işiga oid hujjatlarni qayta örganib çiqdim. Meni bir narsa qiziqtiryapti, yaʼni jinoyat işida şağal olib çiqib ketiş, degan masala bölyapti. Bunday holatda olib çiqib ketganlarning barçasiga nisbatan javobgarlik masalasi qöyilişi kerak emasmi? Hokimiyat vakillari va yana boşqa kimlardir ham olib çiqib ketibdi. Nima uçun bir nafar odam javobgar bölib qolyapti yoki ularniki jinoyat emasmi? Zarar haqida gap ketyapti, ammo nima uçun hamma birdan javob bermayapti? Şu savollar negadir menda şubha uyğotyapti. Şaffoflik asosida barçaga teng qaralişini iltimos qilib qolardim», — dedi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati.

Sud majlisida Rasul Kuşerbayevdan taşqari Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Bekobod tumani bölimi (jinoyat işi qözğatilgan davrda departamentning Yangiyöl tumani bölimi boşliği bölgan - tahr.) xodimi Iftixor Sultonov, Yangiyöl tumani prokurori katta yordamçisi Jamolşer Rustamov hamda xususiy tadbirkor Aziz Yöldoşev ham guvoh sifatida körsatma berdi.

Iftixor Sultonov va Jamolşer Rustamov deputat Rasul Kuşerbayevga nisbatan qarşi körsatma talab qilinganini inkor etib, jinoyat işi amaldagi qonunçilikka muvofiq yuritilganini taʼkidlaşdi.

Sud joriy yilning 9 sentyabr kuniga qadar tanaffus eʼlon qildi.

×