«Yalanğoç qilib, rasmingni eringga yuboramiz» – Tanzila Norboyevaga tegişli uydan pul öğirlaganlikda gumonlangan ayol tergovda qiynoqqa solingan

«Yalanğoç qilib, rasmingni eringga yuboramiz» – Tanzila Norboyevaga tegişli uydan pul öğirlaganlikda gumonlangan ayol tergovda qiynoqqa solingan

Içki işlar vazirligi Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan xonadonlarning birida sodir etilgan öğirlik jinoyati bilan boğliq xabarlarga munosabat bildirdi.


Bugun 14 dekabr kuni ommaviy axborot vositalarida Senat raisi Tanzila Norboyevaga tegişli bölgan uyda yaşagan enaga tomonidan öğirlik jinoyati sodir etilgani maʼlum qilindi.

Enaga ayol katta ehtimol bilan aybini böyniga olişi uçun IIB tergovçilarining qiynoq va bosimlariga uçragan bölişi mumkin. Bu haqda noligan ayol 7 dekabr kuni öziga nisbatan bosim ötkazgan tergovçilarga nisbatan çora köriş haqida ariza yozgan.

Holat haqida inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov işdagi jabrlanuvçi – Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning qizi ekanligini va uydan pul öğirlaşda gumonlanayotgan ayol 2 dekabr kuni soat 23:45da Toşkent şahar sudi sudyasi M. Kukiyev tomonidan ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa oliş böyiça ajrim çiqarganini oçiqladi.

IIV matbuot xizmati uşbu holat böyiça bergan maʼlumotida haqiqatda joriy yilning 18 noyabr kuni Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani Dörmon yöli köçasida joylaşgan fuqaro N.K. (Tanzila Norboyevaning qizi)ga tegişli xonadonda maʼlum miqdordagi pul mablağlari yaşirin ravişda talon-toroj qilinganini bayon etdi.

“Holat yuzasidan Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan 25 noyabr kuni JKning 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan, hozirda tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvçilarni huquqlari buzilişiga oid murojaati böyiça IIV Şaxsiy xavfsizlik xizmati Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda. Tergov işlari yakuni böyiça jamoatçilikka qöşimça axborot beriladi”, deyiladi IIV bayonotida.

“Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov tergovçilar ayolni yeçintirişga majburlaganini, uning yalanğoç holatdagi suratlarini eriga yuboriş böyiça qörqitilgani töğrisida şunday yozdi:

“Jamiyatimizga bir şikoyat nusxasi kelib tuşdi. Unga köra, şu yilning 2 dekabr kuni fuqaro D. T. nufuzli bir xonadondan 12 500 AQŞ dollari miqdoridagi pulni öğirlaşda ayblangan. U şu xonadonda enaga edi.

Gumonlanuvçini 2 dekabr kuni soat 23:10 da JPKning 227-moddasi asosida uşlaşgan, uni öğirlikda ayblaşmoqda. Oradan yarim soat ham ötmay 23.45 da jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi M.Kukiyev enagani qamoqqa olişga (kosmik tezlikni qarang!) sanktsiya bergan.

Men hamma qatori sudyalar ham tunda uxlaydi, deb sodda öylarkanman. Ularni uyğoqlikka çorlovçi Oliy sud plenumining 2007 yil 14 noyabrdagi qarori bor ekan. Qarorga köra, sudya keçiktirib bölmaydigan işlar böyiça sutkaning istalgan paytida oçiqmi-yopiqmi sud ötkazib, sanktsiya beraverarkan. Qoyil!

Sözlarimda kesatiq yöq, azbaroyi tezkorlikdan hayajonlanib ketdim. Şu hayajon içida gumonlanuvçining Toşkent şahar prokuroriga tergov organining zuğum ötkazgani, “hozir yalanğoç qilib, rasmingni eringga yuboramiz”, degan murojaati ham esimdan kötarilibdi.

Boşingizni qotirmayman, qisqasi jabrlanuvçi - ayollar huquqlari himoyasi bilan tanilgan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning qizlari! Mening ham amaldor bölgim kelib ketdi: qarang, amalingiz bölsa, işlaringiz qanday tez yurişib ketadi”.

Kun.uz maʼlumotiga köra, ayni vaqtda gumonlanuvçi ayol öz uyida bölib turibdi. Tergovda ayolga nisbatan ayb qiynoq yöli bilan qöyilgan bölişi mumkin. Eʼtiborlisi, bu holat Senat raisi Tanzila Norboyeva bilan boğliqligi esa jamoatçilikda turli noroziliklarni keltirib çiqarmoqda.

Ertaga, 15 dekabr kuni AOKAda IIV Axborot xizmati tomonidan “Jamoat tartibini saqlaş tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar va ularning samarasi, tizimni axborotlaştiriş masalalari, mavjud muammolar va ularning yeçimi” mavzusida matbuot anjumani ötkaziş rejalaştirilgan. Unda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti rahbarlari iştirok etişi kutilmoqda. Eʼtirozlarga sabab bölayotgan holatga IIV amaldorlari tomonidan matbuot anjumanida rost javoblar berilişi kerak.


×