Yunusoboddagi qotillik: “IIBB besoqolbozlarga qarşi reyd ötkazayotgani yöq. 25 yoşli Şokir X. öz qotili bilan internetda tanişgan”

Yunusoboddagi qotillik: “IIBB besoqolbozlarga qarşi reyd ötkazayotgani yöq. 25 yoşli Şokir X. öz qotili bilan internetda tanişgan”

Toşkent şahrining Yunusobod tumanida 12 sentyabr kuni 25 yoşli Şokir X.ning öldirilişi yuzasidan internetda turli gap-sözlar tarqalgani munosabati bilan Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati bayonot berdi.

Internet tarmoğida 12 sentyabr kuni Yunusobod tumanida 25 yoşli Şokir X.ning öldirilişiga jabrlanuvçini «maşhur klubdan olib çiqqan» 40 yoşlar çamasidagi ikki erkak aloqador ekani haqida axborot tarqatilmoqda. Muallifning işora qilişiça, u ikki erkak içki işlar organlariga aloqador. Uşbu axborot haqiqatga töğri kelmaydi.

Şuni maʼlum qilamizki, 12 sentyabr kuni soat taxminan 11:00 da qöşni ayol samarqandlik 25 yoşli Şokir X. ijaraga olgan kvartira eşigi ostida qonga öxşaş doğni körgan. Ayol bu haqda kvartira egasiga telefon orqali xabar bergan, u esa kelib, öziga tegişli kvartirada Şokir X.ning piçoq bilan jarohat yetkazilgan jasadini topgan va şundan söng «102»ga qönğiroq qilgan.

Uşbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Kvartirani közdan keçiriş vaqtida yaqinda bölgan intim munosabatlarning yaqqol dalillari topilgan.

Tezkor tergov tadibirlari davomida videokuzatuv kameralarining yozuvlari örganilgan, ehtimoliy guvohlar söroq qilingan. Gumonlanuvçining şaxsi aniqlangan, u Olmazor tumanida istiqomat qiluvçi, vaqtinça işsiz 28 yoşli Odiljon Yu. bölib çiqqan.

Gumonlanuvçi öşa kuniyoq Toşkent şahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan uşlangan. Söroq vaqtida qölga olingan şaxs şunday körsatma berdi: u Şokir X. bilan «VKontakte» ijtimoiy tarmoğida tanişgan. 11 sentyabr kuni uçraşiş haqida kelişgan. 21:30 da jabrlanuvçining kvartirasiga kelgan. Şu yerda ular örtasida hozirda sabablari örganilayotgan janjal kelib çiqqan, oqibatda Odiljon suvenir piçoq bilan Şokirning böyni va qöliga bir neça bor zarba bergan.

Uşbu jinoyatni foş etişda oddiy huşyor taksi haydovçisi katta yordam körsatdi, buning uçun Toşkent şahar IIBB unga minnatdorlik bildirdi.

Şuningdek, şuni ham maʼlum qilamizki, noanʼanaviy jinsiy moyillikdagi şaxslar (besoqolbozlar)ga qarşi Toşkent şahar IIBB heç qanday maxsus «reydlar» ötkazmagan va ötkazayotgani yöq. Ayrim saytlar asoslanayotgan qandaydir anonim manbaning sözlarini esa içki işlar organlari xodimlarini obrösizlantiruvçi va çalğituvçi yolğon uydirmalar, deb hisoblaymiz.

Hurmatli jurnalist va blogerlar, maqolalarni çop etişdan avval Toşkent şahar IIBB matbuot xizmatidan aniqlik kiritib olişni iltimos qilib qolamiz.

×