“Agar seni köçada körib qolsam, bilib qöy, öldirib ketaman!” — Öqituvçi öquvçisining onasi tomonidan ayovsiz kaltaklandi

“Agar seni köçada körib qolsam, bilib qöy, öldirib ketaman!” — Öqituvçi öquvçisining onasi tomonidan ayovsiz kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron şahridagi 3-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçisining onasi, öqituvçini maktabda döpposlab ketgani va bu ayançlisi hodisa aynan öquvçilar köz öngida yuz bergani xaqida maʼlumot tarqaldi. Unda aytilişiça voqea yuzasidan taʼlim muassasasi IIB va prokuratura organlariga murojaat qilinganiga 10 kundan oşgan bölsada şu kunga qadar xeç qanday çora körilmagan.

Şuningdek, maktabda ötgan yili ham şunga öxşaş hodisa yuz bergani va huquq-tartibot organlariga qilingan murojaat öşa vaqtda ham oçiqligiça qolgani aytilgan

Bölib ötgan voqea yuzasidan “Zamon.uz” muxbiri Toşkent viloyati Xalq taʼlim boşqarmasi axborat xizmati rahbari Aydos Yermekbayev bilan boğlandi. Berilgan maʼlumotga köra, voqea 2020 yil 26 dekabr kuni Ohangaron şahar Xalq taʼlimi bölimi tasarrufidagi 3-umumiy örta taʼlim maktabida sodir bölgan.

2020 yil 26 dekabr kuni soat tahminan 11:40 larda maktab binosining 3-qavat 27-xonasida oltinçi soat boşlangan vaqtda 8-G sinfida tarix fani öqituvçisi Ahmedova Sevara tomonidan “Zakovat” tadbiri bölib ötgan. Tadbir tugaşi arafasida 8-G sinf rahbari Ergaşeva Aziza sinf xonasiga kelib, Axmedova Sevarani taşqariga çaqirib, sinf öquvçisi I.ning onasi kelayotganini, uşbu öquvçi bilan nimadir sodir bölmadimi? -deb söragan. Fan öqituvçisi xeç narsa bölmaganini, I bilan hattoki gaplaşmaganini aytgan. Heç qança vaqt ötmay maktab eşigini tepib I.ning onasi M.X kirib kelgan. M. X. 8-G sinf xonasiga kirib, “Qaysi biring Sevarasan?” deb söragan. Öqituvçi men deyişi bilan,”Senmi hali tört köz” deb öqituvçiga taşlanib, tepib, boşini 2-3 marotada doskaga urganidan soçidagi soç töğnoğiçi sinib, zarbdan köz oynagi otilib yerga tuşib sinib ketgan.

Bu hunuk manzaradan öquvçilar ham qörqib ketişgan. Öqituvçi Ahmedova Sevaranining tadbiri tahliliga kirgan fan öqituvçilari M.Komilova va S.Qahharova ham ajratişga harakat qilganlarida ona ularga nisbatan haqoratli, uyatsiz sözlar bilan ayol kişiga xos bölmagan sözlarni gapirgan. Ahmedova Sevaraga nisbatan “Agar seni köçada körib qolsam, bilib qöy, öldirib ketaman!”-deb tahdid qilgan.

Boşqa xonalarda dars ötayotgan fan öqituvçilari baqir-çaqir ovozidan sinf honaga yetib kelişib M.X.ni töxtatişga xarakat qilişgan, lekin ayol heç kimga quloq solmay “Qaysi biring qizimga yomon muomilada bölsang hammangni qöşib uraman”, deb baqir–çaqir qilib har-xil gaplar bilan öqituvçilarga nisbatan tahdid qilgan. Voqea joyiga maktab rahbari ham yetib kelib M.H.ni tinçlantirişga va tartibga çaqirişga harakat qilgan. Biroq ayol maktab direktorini ham sensirab “Seni ham uraman”, deb kurakda turmaydigan haqoratli sözlar aytgan.

Uşbu holat yuzasidan maktab jamoasi tomonidan tegişli taşkilotlarga şikoyat va ariza xatlari jönatilgan.

×