Bugundan ayrim maktablarda anʼanaviy öqiş boşlandi

Bugundan ayrim maktablarda anʼanaviy öqiş boşlandi

7 sentyabrdan 329 ta maktab faoliyatini boşladi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmatiga tayanib ÖzA (@uzauz) muxbiri xabar bermoqda.

Maktablar faoliyatini yölga qöyiş yuzasidan tegişli qaror Sanitariya-epidemiologiya va osoyiştalik markazining xulosasi asosida mahalliy xalq deputatlari Kengaşlari tomonidan qabul qilinadi.

Yangi 2020/2021 öquv yili rasman 14 sentyabrdan boşlanadi.

Maʼlumot uçun, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ötkazilgan sörovnomada 5 million 500 ming ota-onadan 76 foizi taʼlim jarayonini maktabga qatnagan holda, yaʼni anʼanaviy şaklda olib boriş tarafdori bölgan, 24 foizi esa masofaviy şaklda – teledarslar orqali davom ettirişni maʼqul körgan.

×