Fuqarolarning köpçiligi bu qarorni zöravonlik deya baholab, hukumat qarorini qöllab-quvvatlayotganlarga keskin munosabat bildirmoqda.
Misr hukumati öquvçilarga maktablarda yuzni niqob bilan öraşni taqiqlovçi qaror qabul qildi. Bu haqda «Al Arabiya» naşri xabar bermoqda. Qaror ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab böldi. Fuqarolarning köpçiligi bu qarorni zöravonlik deya baholab, hukumat qarorini qöllab-quvvatlayotganlarga keskin munosabat bildirmoqda. Misr Taʼlim vazirligining «Axbar al-Youm» davlat gazetasida çop etilgan bayonotda «yuzni körişga tösqinlik qiladigan har qanday boş kiyimi yoki römol qabul qilib bölmas» ekanligi aytilgan. Bayonot şuningdek, öquvçilarga hijob yoki römol öraşga ruxsat berilişi, biroq mazkur römol vazirlik va mahalliy taʼlim boşqarmasi tanlagan rangda bölişi kerak ekanligi ham aytiladi.
Yangi kiyiniş tartibi 30 sentyabrdan 2024 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Qaror xususiy va davlat maktablarga ham tegişli.
Yangiça kiyiniş tartibini tanqid qiluvçilar ijtimoiy tarmoqlarda hukumatni ayollar huquqlariga aralaşişda ayblaşmoqda. Fuqarolar fikr va muhokamalaridan davlatning kiyiniş masalasiga aralaşişi nihoyatda notöğri qaror ekanligi borasidagi qaraşlar ham örin olgan.
Qohiradagi vazirlik bayonotiga köra, talaba «öz şaxsiy xohişiga köra, ota-onasidan boşqa heç qanday şaxs tomonidan heç qanday bosim yoki majburlovsiz» soçi va yuzini öraş yoki öramasligini hal qilişi kerak.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 5 sentyabr kuni Özbekiston Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida «Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi körib çiqilib, qabul qilindi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bölib yaşaşni tarğib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini oçiqdan-oçiq inkor etganlik hamda jamoat joylarida şaxsini identifikatsiya qiliş imkonini bermaydigan darajada yuzini tösgan holda bölganlik uçun maʼmuriy javobgarlik belgilaş nazarda tutilgan.
Bu voqeadan sal ötib esa Qirğiziston parlementi deputati Qirğizistonda ham Özbekistondagi kabi burqa va yuzni berkituvçi kiyim kiyişni taqiqlaş kerakligini aytgan çiqqan edi. Uşbu fikrlar jamoatçilik örtasida keng muhokamalarga sabab böldi.









