Islom olamining eng muqaddas qadamjosi Kaʼbada musulmonlar ijtimoiy masofani saqlagan holda namoz öqişni boşladi. Masjidul-Haramdan olingan videolar internetda tarqaldi.
Islom olamidagi eng yirik ikki ziyoratgoh Makka şahridagi Masjidul-Haram va Masjidun-Nabaviya Saudiya Arabistonida koronavirus infektsiyasiga qarşi kuraş doirasida 20 martdan yopib qöyilgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq esa uşbu ikki yirik masjid Ramazon oyida ham musulmonlar uçun eşiklarini oçmasligi maʼlum qilindi.
Ammo Masjidul-Haramda ibodatlar butkul töxtatib qöyilmadi. Xususan, çegaralangan miqdordagi odamga namoz öqişga ruxsat berildi. Musulmonlar namozni bir-biriga ziç turib, qatorlar hosil qilgan holda öqişi heç kimga sir emas. Ammo koronavirus bu odatga ham taʼsir qildi.
Ayni vaqtda Saudiya Arabistonida koronavirus tarqalişining oldini oliş uçun köplab çeklovlar örnatilgan. Bular qatoriga ijtimoiy masofani saqlaş, komendantlik soati, ommaviy tadbirlar ötkazmaslikni kiritiş mumkin.









