Sentyabr oyida ham töylarni ötkaziş bilan boğliq çeklovlar saqlanib qoladimi?

7 sentyabr kuni AOKAda bölib ötgan brifingda Koronavirusga qarşi kuraş ştabi aʼzosi Rustam Ikromov sentyabr oyida ham töylarga çeklov saqlanib qolişini aytib ötdi.

Rustam Ikromovning maʼlum qilişiça, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 31 avgustdagi 45-sonli bayoniga muvofiq ayni kunlarda 30 kişilik töylar ötkazilişiga ruxsat berilgan.

«Agar karantin çoralari kuçaytirilmasa, şu tartib sentyabr oyida ham davom etadi», – dedi mutaxassis.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020 yil 5 sentyabrdan Özbekistonda karantin talablarini qisqartiriş bilan birga, bir qator karantin çeklovlari saqlab qolinişi maʼlum qilingan. Jumladan, oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining özida 30 kişidan köp bölmagan (faqat yaqin qarindoşlar va uşbu tuman hududida istiqomat qiluvçi boşqa qarindoşlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda ötkaziş belgilab qöyilgan.

×