Prezident farmoni bilan Qoraqalpoğistonda quyidagi vaqtinçalik çeklovlar ham örnatilmoqda:
— jamoat tartibini, öta muhim va toifalangan obʼektlarni hamda aholining hayot faoliyatini taʼminlovçi infratuzilma obʼektlarini muhofaza qiliş kuçaytiriladi;
— Qoraqalpoğiston Respublikasida harakatlaniş erkinligi, şu jumladan, transport vositalari harakati çeklanadi;
— jismoniy şaxslarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari tekşiriladi, ularning şaxsiy körikdan ötkaziladi, ulardagi aşyolar va transport vositalari közdan keçiriladi;
— tinç yiğilişlar, köngiloçar, sport va boşqa ommaviy tadbirlar taşkil etilişi va ötkazilişi taqiqlanadi;
— yuridik şaxslar faoliyatini töxtatib turiş yoki tugatişga qaratilgan iş taşlaşlar va boşqa har qanday harakatlar taqiqlanadi;
— qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar, maxsus vositalar, zaharli moddalar sotilişi taqiqlanadi.
— şuningdek, dori va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda etil spirti va alkogol mahsulotlari muomalasining alohida tartibi joriy etiladi.
— jismoniy şaxslardan qurol va öq-dorilar, zaharli moddalar, yuridik şaxslardan esa qurol, öq-dorilar va zaharli moddalar bilan bir qatorda harbiy va öquv-harbiy texnika, portlovçi va radiaktiv moddalar vaqtinçalik olib qöyiladi.









