Kun.uz muharriri va maxsus muxbiri Şuhrat Şokirjonov Feysbukdagi sahifasida Kun.uz va Ortiqxöjayev mojarosi borasida baʼzi tafsilotlarni oçiqladi va ijtimoiy tarmoqdagi ayrim mulohazalarga munosabat bildirdi:
"Töğri tuşuninglar, men ham tuşkun kayfiyatdaman.
Osmon — uzoq, yer — qattiq…
Lekin tahririyatdan arazlab ketgan bolalarning işini oqlamayman. Ular heç joyda bunaqa ahil jamoa topolmasligi aniq.
Kun.uz’ga çiqiş eşiklari körsatilgani yöq. Şunçaki Ortiqxöjayevni tinç qöyinglar, deyildi. Böldi. Heç qanaqa pul yoki boşqa manfaat rol öynagani yöq.
Özi bu mojaro ham bir beçora quruvçining hokimlik tomonidan berilmagan puli masalasini Kun.uz jurnalistlari örganişi bilan boşlangan.
Olmazor tuman hokimligi öşanda kam taʼminlanganlar uçun köp qavatli uylar qurgan quruvçining 800 million söm (100 ming dollar) pulini bermay kelayotgan edi.
Şu masalani suriştirib borgan jurnalist R.Isroilov va tasvirçi Ş.Egamberdiyevga Olmazor tuman hokimining quriliş masalalari böyiça örinbosari Abdurasul Vahabov taşlangan.
Tajovuz tasviri eʼlon qilingaç, Toşkent şahar hokimi J.Ortiqxöjayev Kun.uz muxbirlarini murosaga keltiriş uçun çaqirgan. Muxbirlarga yaxşi gapirib, «kelişib olinglar, tuşunmovçilik bölibdi» deb zamhokimdan keçirim söranglar, degan. Hokimning istagiga köra, jurnalistlar zamhokimdan yetkazilgan noqulaylik uçun keçirim söraşlari kerak bölgan. Bu keçirim söraş marosimi videotasvirga olinib, şahar hokimligi kanalida eʼlon qilinişi möljallangan.
Jurnalistlar buni rad etgaç, şahar hokimi kelib, hammaga maʼlumu maşhur tahdidlarini bayon qilgan. Töğri, oxirida «lekin men bu işlarni qilmayman, men bunaqa past odammasman», ham degan. Tarqalgan «zapis»da bu joyi kesib taşlangan. Oxirida «kelişib, bir birimizga yordam berib işlaylik», degan.
Jurnalistlar rozi bölmagaç, ular ketganidan söng A.Vahabov tayyor turgan kameralar qarşisida hokimlik matbuot xizmatiga öşa maşhur 1 gektar yer va köp miqdordagi pora haqidagi tuhmatini aytib, intervyusini bergan. Öşa intervyuda 100 ming dollarni esa quruvçi xayriya qilganini aytib ötgan. Quruvçi pulini oldimi-yöqmi buyoğidan bexabar ham qoldik.
Tuhmat borasida prokuraturaga murojaat qilinganida «jinoyat alomatlari yöq», degan tamğa bilan ikki marta iş yopildi.
Endi vijdonan ayting: qandaydir «zamhokimça»ga qonuniy çora körolmagan prokuratura organlari Özbekistonning №3-raqamli amaldori Toşkent şahar hokimiga çora köra olarmidi?
Toşkent şahar hokimi bilan şu intsedent böyiça murosa qilindi. Lekin iç-içimizdan baribir bunaqa hollarga murosasizmiz. Çunki hokimda qilgan işidan zarraça puşaymonlik tuyğusi yöq, uzr söraşniku öziga mutlaqo ep körmadi. Allohning özi surobini töğrilamasa, bandalarining kuçi yetmaskan.
Naçora, bu işda Kun.uzning yutqazişi boşdan aniq edi. Şu sababli audioyozuv tahririyat tomonidan sir saqlanib kelayotgan edi. Uning kimdir tomonidan olinib, tarqatilişi barçamizning — xalqning, erkin matbuotning, erkin fikr bildirişning zarariga işladi. Haq gapni aytib, qonuniy haqqini talab qilgan jurnalistlardan köra, mamlakat imijiga salbiy taʼsir ötkazadigan gaplarni aytgan çinovnikning tarafi olindi. Tuşkunligim sababi şu.
Xalqni ham tuşunib turibmiz. Popkornlarni ğamlab, jangni kattasi boşlandi, mazza qilib tomoşa qilamiz, deb turişganda Tayson 6 sekundda nokaut qilib qöyib, oğzidagini ham çaynaşga ulgurmay qoldi köpçilik... Şundan jahllanişdi.
Buyoğiga endi mana şunday rahbarlar qöl ostida yaşaymiz, çidaysizlar… Bu tahdidlar va sökinişlar özbekona boşqaruv etikasining bir qismiga aylanib ulguribdi.
Kun.uz esa navbatdagi «ramka» çegarasiga boşini daranglatib urib olgunça işlaşda davom etaveradi. Qandaydir masalada kimgadir yordamimiz tegsa bizdan xursand odam bölmaydi. Hamma dilxiraliklarni unutib yuboramiz...
P.S. Daʼfatan rahmatli Mirabror Usmonov yodga tuşdi. U ham jurnalistlarni TV orqali koyib, tahdid qilib yuborganidan söng, ança vaqt vijdoni qiynalgan... baribir kabinetiga çiqarib, uzr söragan edi. "Biz sizdan xafa bölganimiz yöq, otaning öz farzandini koyişidek qabul qilganmiz", degan Qahramon Aslanov... Juda xursand böluvdi...
Unaqa jömard rahbarlarni tuşingda körasan endi Özbekistonim!"









