Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda 10 kişi bir yigitni ölguniça kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi.
Qayd etilişiça, 2020 yilning 30 avgust kuni soat 11:00larda Oqdaryo tumani, Yangiravot-2 mahallasida yaşovçi fuqaro O.Sirojov (1996 y.t., sudlanmagan, işçi) tanişi Ş.Temirov (1993 y.t., sudlanmagan, işsiz) bilan avtomaşinalarida yölovçi taşiş masalasida özaro janjallaşib qolişadi.
Şu kuni soat 18:30larda O.Sirojov tanişi Ş.Temirovning yaşaş uyiga munosabatlarga aniqlik kiritiş uçun borib, yakkama-yakka urişiş orqali hal qilişga kelişişib, yaqin atrofdagi 36-sonli umumtaʼlim maktabining futbol maydoniga borişadi. Ular bir-biriga qöl va oyoqlari bilan tan jarohatlari yetkazişib, O.Sirojov qöli bilan Ş.Temirovning yuz sohasiga urgan vaqtida u yerga yiqilib xuşidan ketgan.
Oqibatda, Ş.Temirovni olgan tan jarohatlari bilan şifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 30 avgustda tuman IIB tomonidan O.Sirojovga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan (u uşlangan).
P.S. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda Ş.Temirovni bir neça kişi urib, ölimiga sabab bölgan bölsada, iştirokçilarning faqat bittasiga iş oçilganligi, qolganlar esa suvdan quruq çiqişayotgani haqida aytilmoqda. Rasmiy xabarda bunday ayblovlarga izoh berilmagan.









