Samarqanddagi tekstil korxonalarining birida işlagan 19 yoşli qiz tungi navbatçilikda qolganida zörlanganini aytmoqda. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar berildi.
«Oilaviy şaroitimiz oğirroq. Oilamizga moddiy yordam bölsin, deb işlamoqçi edim. Faqat onam ikkimiz pul topamiz, otam va ukam heç qayerda işlamaydi», deydi jabrlanuvçi qiz.
Uning sözlariga köra, voqea 23 may kuni sodir bölgan. Öşa kuni u tekstil korxonasida tungi navbatçilikda qolgan. Soat keçki 10 dan ötib, 11 larga yaqin korxona ustasi kirib kelib, undan taşqariga çiqişini söragan.
«Çiqmasang bölmaydi dedi. Şundan söng oyoq-qölimni boğlab, maşinada olib ketişdi. Işimizning yonboşida qurilişi bitmagan 9 qavatli bino bor edi. Binoning atrofida bir-ikki odam bor edi. Oğzim boğlab qöyilgani uçun baqirolmas edim. Holat maşinada sodir böldi», — deydi qiz.
Samarqand viloyati Pastdarğom tumanidan bölgan bu qiz qonun himoyaçilaridan kömak kutmoqda.









