Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda bloger Fotima Jörayeva kaltaklanganligi haqida xabarlar tarqalgan. Bu haqda blogerning videomurojaatida aytilgan. Boş prokuratura Matbuot xizmati holat böyiça rasmiy maʼlumot berdi.
Aniqlanişiça, keça, 22 noyabr kuni bloger Fotima Jörayeva Uluğnor tumani IIBga murojaat qilgan.
Fotima Jörayeva öz murojaatida tuman elektr tarmoqlari korxonasi boş hisobçisidan özi huquqşunos sifatida işlab kelayotgan fermer xöjaligiga elektr energiyasidan qarzdorlikni sunʼiy ravişda oşirilganligi böyiça tegişli hujjatlarni berişini talab qilganligini bildirgan.
Şunda korxona boş hisobçisi unga qöpol munosabatda bölib, uni haqorat qilib qöli bilan uni yuziga urganini va qöl telefonini sindirib yuborganini bayon qilib, aybdor korxona xodimlariga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Hozirda mazkur murojaat böyiça tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Fotima Jörayevaning olgan tan jarohatlarini oğirlik darajasini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Tekşiruv harakatlari Boş prokuratura tomonidan nazoratga olingan.









