Namangan viloyati Çust tumanida BMW’da ketayotgan ota va qiz YTHga uçrab, halok böldi, deb xabar berdi Tergov departamenti.

Maʼlum qilinişiça, 2020 yilning 3 sentyabr kuni soat 10:00 da haydovçi 39 yoşli B.U. boşqaruvida bölgan BMW avtomaşinasida Çust tumani Varzik–Qoraqörğon avtomobil yöli böylab Varzik yönalişining 1-kilometrida harakatlanib ketayotgan vaqtida boşqaruvni yöqotib yölning çap tomonidagi beton tösiqqa urilgan.
Oqibatda avtomaşinada bölgan 2 nafar yölovçi, yaʼni 33 yoşli M.U. va uning voyaga yetmagan qizi 3 yoşli R.U. hodisa joyida vafot etgan.

Şuningdek, haydovçi va 3 nafar yölovçi turli darajada tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. YTH sodir bölgan joyga tergov-tezkor guruhi çiqib, hodisa joyi közdan keçirilgan.

Holat yuzasidan Çust tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar ölimiga sabab bölgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.









