Keça, 7 noyabr kuni soat taxminan 00:35da tanişlari bilan Namangan şahar Porloq mahalasida qarovsiz qoldirilgan avtomaşinani olib qoçgan 23 yoşli yigit YTH oqibatida halok böldi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, 23 yoşli fuqaro N.A. mast holatda bölgan. U özining tanişlari 24 yoşli U.K. va 23 yoşli R.T.lar bilan birgalikda fuqaro A.T.ga tegişli bölgan «VAZ-21013» rusumli avtomaşinani olib qoçişayotganida Pungon-Namangan yölining 68 kilometirida boşqaruvni yöqotib, yölning öng tomonidagi daraxtga urilişi oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Şeriklari esa voqea joyidan yaşirinişgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan şahar IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «b» bandi (bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov jarayonida barça holatlar örganilmoqda.









