Rejissyor Jeyms Kamerunning Avatar filmi sönggi 10 yil davomida eng köp pul işlagan ($2.7 milliard) sifatida körib kelinar edi. Biroq Marvel studiyasining Avengers: Endgame (Qasoskorlar: Intiho) kartinasi uşbu haftada Avatar'ni ortda qoldirişi kutilmoqda.
Ötgan juma kungi raqamlardan ayon bölişiça, Qasoskorlar: Intiho Avatar'dan atigi yarim million dollar ortda qolmoqda, ammo dam oliş kunlari uşbu summa ortiği bilan yiğilganiga işoniladi.
Biroq kuzatuvçilar ön yil oldingi inflyatsiya bilan soliştirganda, Avatar baribir oldinda ekanini taʼkidlaydi.









