Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqini Navröz bayrami bilan tabrikladi.
Aziz vatandoşlar!
Muhtaram otaxon va onaxonlar, munis opa-singillar, qadrli aka-ukalar!
Xalqimizning kelajagi, işonçi va tayançi bölgan navqiron yoşlar!
Avvalambor, barçangizni, köp millatli butun xalqimizni jonajon Özbekistonimizga kirib kelgan Navrözi olam bilan çin qalbimdan samimiy tabriklab, yuksak hurmat va ehtiromimni, eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Hurmatli döstlar!
Hammamiz yaxşi bilamiz, Navröz tinçlikni, sihat-salomatlikni qadrlab, asrab-avaylab yaşaşga daʼvat etadi.
Tinçlik va soğliqni asrasak, qolgan narsalarga albatta erişamiz. Lekin hozirgi global dunyoda bu juda murakkab vazifa bölib qolayotganini barçamiz körib-bilib turibmiz.
“Yil yilga öxşamaydi”, degan gap bejiz aytilmagan. Hayot heç qaçon bir tekis keçmaydi. Hayot bor ekan, sinov bor, qiyinçilik bor.
Bu haqiqatni şu kunlarda yanada çuqur his etmoqdamiz. Bugun koronavirus infektsiyasi degan jiddiy bir xavfga duç keldik. Davlatimiz, hukumatimiz bu xatarni tezroq bartaraf etiş uçun barça zarur çoralarni körmoqda.
Gözal diyorimizda yaşayotgan, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, barça yurtdoşlarimiz yanada jipslaşib, har tomonlama tartib-intizomni saqlagan holda, yuksak onglilik va masʼuliyat körsatib, möʼtabar keksalarimizning duoi fotihalari bilan bu sinovdan eson-omon ötamiz, deb işonaman.
Vujudga kelgan murakkab şaroitni hisobga olib, bu yilgi Navröz bayramida ommaviy tadbirlar ötkazişni töxtatdik.
Fursatdan foydalanib, vaziyatni töğri tuşunib, körilayotgan çora-tadbirlarni qöllab-quvvatlayotgani uçun xalqimizga yana bir bor rahmat aytaman.
Nasib etsa, tez orada bu taşvişli kunlar ortda qoladi. Bunday sayil-tomoşalarni, töyu tantanalarni el-yurtimiz bilan birgalikda hali köp-köp ötkazamiz.
Aziz va qadrli vatandoşlarim!
Mavjud qiyinçilik va sinovlarga qaramasdan, hayot davom etadi. Bu yil Navröz ayyomi xonadonlarda, oilaviy davralarda keng nişonlanmoqda.
Bugun mirişkor dehqon va fermerlarimiz katta umid bilan yerga uruğ qadamoqda. Hudud va mintaqalarimizda “Daraxt ekib, boğ yaratamiz, yurtimizni yanada obod qilamiz”, degan ezgu maqsadda millionlab köçatlar ekilmoqda.
Mana şu xosiyatli kunda barçamiz yilimiz qutluğ kelsin, dehqonlarimizning baxtini, omadini bersin, hosilimiz möl bölsin, deb niyat qilamiz.
Uzoq-yaqindagi mamlakatlar xalqlarini, Özbekistonning barça xorijiy döst va hamkorlarini şarqona yangi yil – Navröz ayyomi bilan qutlab, ularga samimiy istaklarimizni izhor etamiz.
Aziz va qadrli vatandoşlarim!
Ilohim, dilimizdagi barça olijanob orzu-intilişlarimiz röyobga çiqsin!
Yurtimiz tinç, xalqimiz omon bölsin!
Yaratganning özi hammamizni panohida asrasin!
Navrözi olam barçamizga muborak bölsin!
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti









