Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xodimi avtomobilda bosib ketilgan yöl-transport hodisasi haqida xabarlar tarqaldi.
Poytaxt IIBB mazkur YTH böyiça rasmiy maʼlumot berdi. Unda bildirilişiça, YTH keça, 1 sentyabr kuni soat 19:00 lar atrofida Mirobod tumanida sodir bölgan.
Şahrisabz köçasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori serjant Salim Umarov “Grand Mir” mehmonxonasi oldida 25 yoşli Jahongir B. boşqaruvçidagi Captiva rusumli avtomobilni töxtatgan. Serjant Umarov haydovçining hujjatlarini tekşirib, yölning çetiga qarab yura boşlagan. Şu vaqtda Lacetti rusumli avtomobilni boşqarib ketayotgan 19 yoşli Temurbek M. boşqaruvni yöqotib, töxtab turgan Captiva bilan töqnaşgan va inertsiya böyiça harakatni davom ettirib, YPX xodimini bosib ketgan.
YTH natijasida 30 yoşli Salim Umarov tan jarohati olib, şifoxonaning reanimatsiya bölimiga yotqizilgan.
Hozirda tergov oldi suriştiruvlari olib borilyapti. Yiğilgan hujjatlar prokuratura organiga berilgan.









