Keça, 22 may kuni Toşkent şahar Olmazor tumanida 2003 yilda tuğilgan yigit 2006 yilda tuğilgan tanişini özaro kelişmovçilik sabab piçoq bilan jarohatladi. Bu haqda poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, taxminan soat 20:00 larda Olmazor tumani “Çustiy” mahallasi hududida 2003 yilda tuğilgan A.S. özining tanişi 2006 yilda tuğilgan S.Ö. bilan özaro kelişmovçilik sababli tortişib qolgan va özaro janjallaşib ketgan. Janjal vaqtida fuqaro A.S. ötkir tiğli jism bilan S.Ö. ga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvçi kökrak qafasi orqa sohasi çap tomon kesib sançilgan jarohati taşxisi bilan şifoxonaga joylaştirilgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi (Qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş – qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni işlatib sodir etilişi) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi taʼminlanadi.









