Tezkor! 5 sentyabrdan karantin qoidalari yana yumşatiladi

Tezkor! 5 sentyabrdan karantin qoidalari yana yumşatiladi

Respublikada karantin talablarini qisqartiriş maqsadida Davlat Rahbari tomonidan berilgan körsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilar ruxsat berildi:

Birinçidan, 2020 yil 5 sentyabrdan boşlab:

✔️ umumiy ovqatlaniş obʼektlari (restoran, kafe, oşxona, çoyxona) faoliyatiga. Bunda uşbu obʼektlar quyidagi sanitari talablariga rioya etişi talab etiladi:

➖banketlar va boşqa ommaviy tadbirlarni ötkazişga yöl qöymaslik;
➖stollar oraliğidagi 2 metrdan kam bölmagan ijtimoiy masofani taʼminlaş;
➖bir stol atrofida 4 kişidan köp bölmagan (oila aʼzolari bundan mustasno) mijozlarni joylaştiriş;
➖xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qölqopda bölişi;
➖har bir mijozdan keyin stol va boşqa jihozlarning yuza qismini dezinfektsion vositalar bilan tozalaş;
bino va xonalarga, şuningdek, havo aylantiriş tizimiga zararsizlantiriş anjomlarini (ultrabinafşa lampalar va b.) örnatiş.

✔️ tomoşa va madaniy-köngiloçar obʼektlar (faqatgina teatr va kinoteatr) faoliyatiga. Bunda uşbu obʼektlar quyidagi sanitari talablariga rioya etişi talab etiladi:

➖obʼektning havo aylantiriş tizimiga zararsizlantiriş anjomlarini (ultrabinafşa lampalar va b.) örnatiş;
taşrif buyuruvçilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylaştiriş hamda tibbiy niqobda böliş (zarur hollarda tadbir 2 soatdan ziyod davom etganda niqobni bepul almaştiriş);
➖obʼektlarning kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, dezinfektsion “töşaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlaş, ularga kirişda har bir taşrif buyuruvçilarning tana haroratini ölçab, 370S va undan yuqori bölgan yoxud infektsiya alomatlari mavjud bölgan holatda kiritmaslik;
➖har bir seansdan keyin örindiq va boşqa jihozlarning yuza qismini dezinfektsion vositalar bilan tozalaş;
xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qölqopda bölişi;

✔️ parklar va istirohat boğlaridagi attraktsionlar faoliyatiga. Bunda uşbu obʼektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etişi talab etiladi:

➖taşrif buyuruvçilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda navbatda turişini taʼminlaş;
➖attraktsionlarning yuza qismini har soatda yoki har bir foydalangandan söng dezinfektsion vositalar bilan tozalaş;
➖attraktsiondan foydalanişda ijtimoiy masofani saqlaş;
➖xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qölqopda bölişi;
➖bino va xonalarga, şuningdek, havo aylantiriş tizimiga zararsizlantiriş anjomlarini (ultrabinafşa lampalar
va b.) örnatiş (yopiq binolardagi attraktsionlar faoliyati uçun).

✔️ diniy taşkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va şanba-yakşanbalik diniy xizmatlar) amalga oşirişga. Bunda uşbu obʼektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etişi talab etiladi:

➖jamoaviy ibodatni ötkaziş uçun taşrif buyuruvçilar örtasida ijtimoiy masofani taʼminlaş;
➖diniy taşkilotlar xodimlari va taşrif buyuruvçilarning tibbiy niqobda bölişi;
➖sanitariya-gigiyena va dezinfektsiya talablariga qatʼiy rioya etiş, bino xonalarni doimiy ravişda dezinfektsiya qiliş, ularga kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfektsion “töşak”lar bilan jihozlaş;
➖har bir diniy ibodatdan keyin bino (xona) va undagi jihozlarning yuza qismini dezinfektsion vositalar bilan tozalaş;
➖bino va xonalarga, şuningdek, havo aylantiriş tizimiga zararsizlantiriş anjomlarini (ultrabinafşa lampalar va b.) örnatiş.
➖tana harorati 370S va undan yuqori bölgan yoki infektsiya alomatlari mavjud bölgan taşrif buyuruvçilarni kiritmaslik;
➖diniy taşkilotlarga kiriş va çiqiş joylarida aholining töplanişiga qatʼiy yöl qöymaslik;

×