Namangan viloyatida koronavirus infektsiyasi kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş böyiça viloyat komissiyasi yiğilişi bölib ötdi. Unda epidemiologik vaziyatdan kelib çiqqan holda karantin talablarini bosqiçma-bosqiç yumşatişga qaratilgan qaror qabul qilindi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Mazkur hujjatga köra, joriy yil 11 avgust kunidan boşlab Namangan şahar va tumanlar hududida hamda şahar (tuman)lararo yönalişlarda jamoat transportida (avtobus, yönalişsiz taksi) yölovçi taşiş faoliyatiga ruxsat beriladi. Bunda yölovçilarni çeklangan soniga qatʼiy amal qilinişi va iş soati 22.00 yakunlanişi belgilab qöyiladi.
Hokimliklar huzuridagi karantin çeklovlarini yumşatiş va tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga bosqiçma-bosqiç ruxsat beriş böyiça tuzilgan maxsus işçi guruhlar xulosasi asosida quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:
- barça turdagi ixtisoslaştirilgan bozorlar;
- umumiy ovqatlaniş şoxobçalari. Oşxonalar soat 12.00 dan 14.00 gaça, restoranlar esa soat 18.00 dan 21.00 gaça işlaşi mumkin. Banketlar hamda boşqa ommaviy tadbirlarni ötkazişga yöl qöyilmaydi;
- park va istirohat boğlari;
- mehmonxonalar;
- sport zallari, fitnes klub va trenajyor zallar (ijtimoiy masofani taʼminlaş imkoniyati bölmagan jamoaviy sport turlarini ötkazmaslik tavsiya etiladi);
- davlat va nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari;
- nodavlat taʼlim markazlari, tögaraklar (10 kişidan köp bölmagan guruhlar taşkil etib, maşğulotlar vaqtini oldindan kelişgan holda);
- barça xizmat körsatiş obʼektlari, jumladan, sartaroşxona va gözallik salonlari.
Mazkur muassasalar, tadbirkorlik subʼektlari va majmualar faoliyatini yölga qöyişda belgilangan şartlarga amal qilinişi lozim. Aks holda ularga nisbatan tegişli çoralar köriladi va faoliyati töxtatiladi.
Oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisida 30 kişidan köp bölmagan hamda sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda ötkazişga ruxsat beriladi.
Viloyat komissiyasi yiğilişida uşbu yumşatiş çoralari joriy etilayotganini suiisteʼmol qilmaslik, ommaviy tadbirlarga yöl qöymaslik, masofani saqlaş, niqob taqiş kabi birlamçi qoidalarga doimiy amal qilinişi zarurligi taʼkidlandi.









