Farğona va Qaşqadaryo viloyatlarida karantin yumşatiladi – Prezident topşiriği

Farğona va Qaşqadaryo viloyatlarida karantin yumşatiladi – Prezident topşiriği

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 24 aprel kuni aholi bandligini taʼminlaş va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatlarini tiklaş masalalari muhokamasiga bağişlangan navbatdagi videoselektor yiğilişi ötkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

22 aprel kuni ötgan videoselektor yiğilişida iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror işlatiş, aholi bandligini taʼminlaş, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş masalalari Samarqand va Namangan viloyatlari misolida muhokama qilingan edi. Bu galgi yiğilişda Farğona va Qaşqadaryo viloyatlarida şu borada amalga oşirilayotgan işlar körib çiqildi.

Maʼlumotlarga köra, Farğonada 120 nafar, Qaşqadaryoda 6 nafar fuqaro koronavirus bilan kasallangan.

Karantin davrida Farğonada 10 ming, Qaşqadaryoda 11 mingta korxonaning işlab çiqariş körsatkiçlari keskin kamaygan. Buning oqibatida ayni paytda işsizlar soni oşgan. Bundan taşqari, Farğonada 56 mingta, Qaşqadaryoda 91 mingta ehtiyojmand oila mavjud.

Yiğilişda Soğliqni saqlaş vazirligi va uşbu viloyatlar hokimlariga kasallik yuqtiriş xavfi yuqori, örta va past darajada bölgan tuman hamda faoliyat turlarini tahlil qilib, karantin çeklovlarini bosqiçma-bosqiç yumşatiş böyiça Respublika komissiyasiga taklif kiritiş topşiriği berildi.

Joriy yilda quriliş va rekonstruktsiya işlari uçun Farğonadagi 130 ta obʼektga 632 milliard söm, Qaşqadaryodagi 132 ta obʼektga 536 milliard söm ajratilgan. Lekin birinçi çorakda mablağlarni özlaştiriş va loyihalarni amalga oşiriş rejadagidan ança ortda qolgan. 

Prezident aholi bandligini taʼminlaş uçun qurilişlarni davom ettirişga ruxsat berilganini inobatga olib, mazkur ikki viloyatdagi obʼektlarda belgilangan işlarni jadallaştiriş zarurligini taʼkidladi.

Sarvar Anvar öğli

×