Özbekistonda karantin qoidalari yumşatildi

Özbekistonda karantin qoidalari yumşatildi

Soğliqni Saqlaş Vazirligi: MADANIY-KÖNGILOÇAR, OMMAVIY TADBIRLAR VA YIĞILIŞLARNI ÖTKAZIŞ TARTIBLARIGA ÖZGARTIRIŞ KIRITDI

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yiğilişida mamlakatimizda karantin talablarini qisqartiriş orqali aholiga madaniy va maʼnaviy hordiq çiqariş hamda dam olişlarini mazmunli ötkaziş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş masalasi atrofliça muhokama qilindi.

Xususan, tegişli mutasaddi taşkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2021 yil 20 sentyabrdan boşlab mamlakatimizda tomoşa, madaniy-köngiloçar (teatr, kinoteatr, kontsert zallari), ommaviy tadbirlar va yiğilişlarni oçiq maydonlar hamda yopiq majmualarda ötkazişga ruxsat berildi.

Madaniy-köngiloçar, ommaviy tadbirlar va yiğilişlarni ötkazişda quyidagi karantin çeklovlariga rioya etiş talab qilinadi:

? madaniy-köngiloçar obʼektlar (teatr, kinoteatr, kontsert zallari) işçi va xodimlari hamda ommaviy tadbirlar taşkilotçilari va xizmat körsatuvçilari bölgan şaxslar (salomatligi böyiça qarşi körsatma bölgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarşi vaktsinaning (turidan qatʼi nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi töğrisidagi QR-kodli sertifikati mavjud bölişi lozim;

? madaniy-köngiloçar (teatr, kinoteatr, kontsert zallari faoliyati) va ommaviy tadbirlarni ötkazişda taşrif buyuruvçilar:

? tibbiy niqobda böliş;

? antiseptik vositalardan foydalaniş;

?kiriş joylarida tana haroratini ölçaş kabi muhim sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etişlari şart.

❗️Şu bilan birga madaniy-köngiloçar (teatr, kinoteatr, kontsert zallari faoliyati) va ommaviy tadbirlarni ötkaziş obʼektlariga faqatgina koronavirusga qarşi vaktsina bilan emlanganligi töğrisidagi QR-kodli sertifikati mavjud bölgan taşrif buyuruvçilarni kiritilişi (salomatligi böyiça qarşi körsatmalar bölgan fuqarolar bundan mustasno) tavsiya etildi.

×