Özbekiston öz zimmasiga olgan barça xalqaro majburiyatlar va kelişuvlarni töliq bajarib kelmoqda. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Köksaroy qarorgohida ötgan marosimdagi nutqida maʼlum qildi.
«Taraqqiyot kuşandasi bölmiş illat – korruptsiyaga qarşi mamlakatimizda keng kölamda kuraş olib borilmoqda. Şu borada yangi tuzilma – Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligini taşkil etganimiz bu masalaning dolzarbligi va doimiy eʼtiborimizda bölişidan dalolat beradi», deydi davlat rahbari.
Prezident jamiyat hayotining barça jabhalarini erkinlaştiriş, söz va matbuot erkinligi, oçiqlik va oşkoralik tamoyillarini çuqur qaror toptiriş, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatçilik nazoratini örnatiş böyiça boşlangan işlar ortga qaytmas tus olganini taʼkidladi.
«Barçangiz xabardorsiz, hozirgi murakkab şaroitga qaramasdan, biz zimmamizga olgan barça xalqaro majburiyatlar va kelişuvlarni töliq bajarib kelmoqdamiz. Xorijiy şeriklarimiz bilan özaro manfaatli hamkorlikni faol rivojlantirmoqdamiz», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident koronavirusga qarşi kuraşda amaliy kömak bergan BMT, JSSTga, şuningdek, Xitoy, Rossiya, AQŞ, Turkiya, Janubiy Koreya, BAA, Germaniya, Yaponiya va boşqa hamkor davlatlarga özbek xalqi nomidan minnatdorlik bildirdi.
Manba: Effect.uz









