«Qaysi rahbar raqamlaştirişni keçiktirsa – oçiqlik siyosatimizga qarşi çiqqan böladi» — Prezident

«Qaysi rahbar raqamlaştirişni keçiktirsa – oçiqlik siyosatimizga qarşi çiqqan böladi» — Prezident

Prezident xizmatlar sohasida raqobatbardoşlikni oşiriş bevosita hudud va tarmoqlarni raqamlaştiriş darajasi bilan boğliqligini taʼkidladi.

Kadastr agentligiga köçmas mulk manzillarining yagona reyestrini tez fursatda oxiriga yetkaziş, Transport vazirligiga barça turdagi yölovçi transportiga çipta oliş imkonini beradigan yagona platformani işga tuşiriş keçikayotgani körsatib ötildi.

«Takror aytaman. Qaysi rahbar raqamlaştirişni keçiktirsa – oçiqlik siyosatimizga qarşi çiqqan böladi», — dedi Prezident.

Vazirlar Mahkamasiga har bir vazir va hokimga raqamlaştiriş böyiça alohida KPI, aniq vazifa va muddatlarni belgilab beriş topşirildi.

Misol uçun, Turizm qömitasi turistlar mehmonxona, dam oliş maskanlarini “bron” qiliş, avia va temir yöl, muzey, teatrga çipta sotib oliş, gid va tarjimonlarni yollaş kabi xizmatlarni masofadan turib oliş imkonini beradigan yagona platformani işga tuşirişi lozim.

Yoki, Taşqi işlar va Adliya vazirliklari Özbekistonga kiriş uçun elektron vizani 3 kunda rasmiylaştiriş imkonini yaratişi kerak.


×