Xabaringiz bor, noyabr oyi oxiri va dekabr oyi boşlarida Özbekistonda söz va matbuot erkinligiga, ommaviy axborot vositalari ustidan tsenzura va bosimlar uçrab turayotgani haqidagi masalalar kun tartibiga çiqdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan Özbekiston xalqiga yöllagan bayram tabrigida oçiqlik va oşkoralik yönalişidagi işlar ortgan qaytmas tus olganini yana bir bor urğuladi.
“Söz va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlaş, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini örnatişga qaratilgan işlarimizning taʼsirçanligini yanada oşiramiz.
Bir haqiqat hammamizga ayon bölişi kerak: barça sohalarda amalga oşirayotgan islohotlarimiz qatori jamiyatimizda oçiqlik va oşkoralik, özini özi tanqid va demokratik yangilaniş jarayonlari endi heç qaçon ortga qaytmaydi va biz bu yölni qatʼiy davom ettiramiz”, deydi davlat rahbari.
Manba: Qalampir.uz









