Boş prokuratura söxlik blogerning qayerdaligini oçiqladi

Boş prokuratura söxlik blogerning qayerdaligini oçiqladi

Farğona viloyati prokuraturasi tomonidan joriy yilning may oyida Söx tumanida sodir bölgan ommaviy tartibsizliklar va boşqa holatlar yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edik. Tergov davomida 6 nafar şaxsga nisbatan JKning 219 va 244-moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, ularga “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa söxlik bloger Haydarjon Bobohaydarov yöqolib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Boş prokuratura mazkur iş böyiça qöşimça maʼlumot berdi va bloger uşlanganini maʼlum qildi.

"Fuqaro Haydarjon Bobohaydarov (bloger) jinoyat işi böyiça gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, JPKning 226-moddasi tartibida uşlangan", deyiladi xabarda.

Tergov davomida Haydarjon Bobohaydarovga protsessual huquq va majburiyatlari tuşuntirilgan va himoya huquqi (advokat) taʼminlangan.

Qayd etilişiça, iş böyiça haqiqatni aniqlaşga tösqinlik qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida boşqa tafsilotlar oşkor qilinmaydi.

×