Adliya vazirligi: “Bayram kuni işlagan xodimlarga 2 barobar oylik tölanadi”

Adliya vazirligi: “Bayram kuni işlagan xodimlarga 2 barobar oylik tölanadi”

Özbekistonda bayram kunlari xodimlarning işga çaqirilişi qonunçilikda man etilgan. Bayram kunlarida işlagan xodimlar uçun 2 barobar miqdorda oylik tölanişi belgilab qöyilgan. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati rahbari Sevara Örinboyeva maʼlum qildi. 

“Qonunlarga köra, xodim bayram kunlari iş beruvçi tomonidan işga jalb qilinişi mumkin emas. Bayram (işlanmaydigan) kunlari işlaş man etiladi. Xodimlarni şu kunlari iş beruvçining farmoyişi bilan işga jalb etişga alohida hollarda, yaʼni jamoa şartnomasida, agar u tuzilmagan bölsa, iş beruvçi tomonidan kasaba uyuşmasi qömitasi yoki xodimlarning boşqa vakillik organi bilan kelişib belgilangan asoslar böyiça va tartibda yöl qöyiladi” dedi Sevara Örinboyeva.

Vazirlik xodimining sözlariga köra, bayram kunlaridagi işlar uçun kamida ikki hissa miqdorida haq tölanadi. Tölanadigan haqning aniq miqdori jamoa şartnomasida, agar u tuzilmagan bölsa, iş beruvçi tomonidan kasaba uyuşmasi qömitasi yoki xodimlarning boşqa vakillik organi bilan kelişib belgilanadi.

Maʼlumot örnida, bu yilgi Mustaqillik bayramida işçi xodimlar uçun 3 kunlik dam oliş kuni belgilangan.

×