Ayrim dorilar belgilangan narxdan 6 barobar qimmat sotilgani aniqlandi

Ayrim dorilar belgilangan narxdan 6 barobar qimmat sotilgani aniqlandi

Raqobat qömitasi ötkazgan «sirli mijoz» tadbirlari davomida ayrim dori vositalari uçun belgilangan narxlarga rioya etilmagani aniqlandi.

«SHUNQORLAR» MÇJga qaraşli dorixonada «POLIMIK® blisteri №10(1x10)» dori vositasining sotiş uçun ruxsat etilgan narxi 12 837,18 söm bölsa-da, 70 ming sömdan taklif qilingan. «KONVULEKS® Kapli dlya priyema vnutr 300mg/ml» esa 66 481 söm örniga 395 ming sömdan sotiş uçun taklif etilgan.

«MUNO FARM» MÇJga qaraşli Qoraqamiş 2/5 mavzesidagi dorixonada «STIMULOTON Tabletki pokritiye oboloçkoy 50mg blisteri №30(3x10)» 50 666,17 söm örniga 295 ming sömdan taklif qilingan.

«CITY FARM» MÇJ dorixonalarida «BAKTAMED 3.5ml ampuli» 18 849,43 söm örniga 63 ming sömdan sotilgan. «NO-ŞPA® 40 mg/2 ml ampuli №25» ham belgilangan narxdan yuqoriga sotilgan.

«HOSIL FARM» MÇJ dorixonasida «Lantus® SOLOSTAR® 100 YED/ml 3ml №5(1x5)» dori vositasining ruxsat etilgan 20 foiz ustama qöyilgan narxi 115 173,3 söm bölgan. Biroq preparat 80 foiz ustama bilan 190 ming sömga sotilgan.

Şu dorixonada «SLIDERON Tabletki 16 blisteri №20(2x10)» 115 677,1 söm örniga 349 ming sömdan sotilgan.

«AMIR FARM TRADE» MÇJ dorixonasida «BAKTAMED 0,5% 3.5ml ampuli» uçun 20 foiz örniga 100 foiz ustama qöyilib, 32 ming söm narx belgilangan.

«FERUZA NUR MED» MÇJga qaraşli dorixonada «POLIMIK® blisteri №10(1x10)» 12 837,18 söm örniga 62 ming sömdan sotilgan.

«LEADER PHARMGROUP» XK, «PHARM S GOLDEN» MÇJ va «RUSLAN BUYUK FARM» MÇJga qaraşli dorixonalarda ham «NO-ŞPA® 40 mg/2 ml ampuli №25» dori vositasi belgilangan narxdan yuqori narxda sotilgani aniqlangan.

Aniqlangan qonunbuzilişlar yuzasidan belgilangan tartibda körsatmalar berilgan. Litsenziya talablari böyiça qayta körib çiqiş uçun tegişli vakolatli organga sörov yuborilgan.


×