Davlat soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev mol-mulk soliğining 2 foizdan 1,5 foizga tuşirilişi halol işlab kelgan tadbirkorlar manfaati uçun xizmat qilişini taʼkidladi. U ayrim tadbirkorlar kamroq soliq tölaş uçun obʼekt narxini past körsatgani, endilikda ular ham belgilangan summadan kam bölmagan miqdorda soliq tölaşlarini taʼkidladi.
Davlat soliq qömitasi (DSQ) raisi Şerzod Kudbiyev 17 yanvar kuni matbuot anjumanida yuridik şaxslarga mol-mulk soliği kamaytirilgani yuzasidan izoh berib ötdi.
Soliq kodeksiga kiritilgan özgarişlarga köra, 2022 yilda yuridik şaxslar uçun mol-mulk soliği 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirildi. Şu bilan bir qatorda, mol-mulk soliğini hisoblab çiqarişda bino va inşootlar böyiça soliq bazasi bu obʼektlarga 1 kvadrat metr uçun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bölişi mumkin emasligi böyiça yangi tartibkiritildi.
Bu körsatkiç Toşkent şahrida 2,5 mln söm, Nukus va viloyatlar markazlarida 1,5 mln söm hamda boşqa şaharlar va qişloq joylarda 1 mln söm etib belgilangan edi. Uşbu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi. Xususan, yuridik şaxslar uçun mol-mulk soliği miqdorining oşib ketgani, natijada, ayniqsa, kiçik biznes zarar körayotgani aytilmoqda.
Şerzod Qudbiyev uşbu masala yuzasidan OAV vakillariga izoh berib ötdi. Uning taʼkidlaşiça, ayrim tadbirkorlar qonunçilikka rioya qilgan holda mol-mulklarini real bozor bahosida hisoblab, uni har yili qayta baholaşgan. Ayrimlari esa kamroq soliq tölaş maqsadida mol-mulkini öta arzon bahoga hisoblatgan.
«Mana, sizlarga misol, buni biz juda köp körsatdik. Biz bitta hududda bir-biriga öxşaş subʼektlarni topişga harakat qildik. Jizzax şahrida 861 kvadrat metr maydonga ega mulkning qiymati 1,99 mln söm körsatilgan. Xuddi şunday Jizzax şahrida, yuqoridagi binodan körinişi xunukroq bölgan 880 metr kvadrat maydonga ega mulkning qiymati esa 1,7 mlrd söm. Ikkalasi ham tadbirkor. Qaysi tadbirkorni manfaatini himoya qilişimiz kerak?» — deya taʼkidladi qömita raisi.
Uning sözlariga köra, yuqoridagi misolda birinçi tadbirkor 2021 yilda 39,8 ming söm soliq tölagan. Ikkinçisi esa 2 foizlik stavkada 34,52 mln söm soliq tölagan. Şuning uçun, Moliya vazirligi taklifiga köra, mol-mulk soliği stavkasi 1,5 foizgaça pasaytirilgan.
«Çunki halol işlagan tadbirkorga soliq yuki kamayiişi kerak. Şuning uçun yuqoridagi ikkinçi tadbirkor 2021 yildagiga qaraganda 8 mln söm kamroq soliq tölaydi. Lekin mulkini töğri baholamagan tadbirkorga, albatta, soliq yuki oşyapti. Bu — töğri. Çunki minimal qiymat kiritilyapti», — dedi Şerzod Qudbiyev.
DSQ raisi yuqoridagi holat yuzasidan Toşkent şahri böyiça ham misol keltirdi. Uning aytişiça, Toşkentda maydoni 40 kvadrat metr bölgan dökon 2 mln sömga baholangan. Undan uzoq bölmagan joydagi maydoni 31 kvadrat metr bölgan mulk esa 168 mln sömga.
«Toşkent şahrida 40 kvadrat metr joyning 2 mln söm turişiga işonadimi kimdir? Bu tadbirkor şu 2 mln hisobida soliq tölaşi kerak. Şunday ekan, bu dökondan unçalik uzoqda joylaşmagan 31 kvadrat metr mulk 168 mln sömga baholangan. Buning aybi davlat çiqargan qonunçilikka amal qilganimi, u yildan-yilga mulkini „pereotsenka“ qilgan yoki sotib olganda töğri baholatgan va hk. Şuni inobatga olib, Toşkent şahrida 2,5 mln söm minimal qiymat kiritildi. Toşkent şahrida 1 kvadrat metri 2,5 mln söm turadigan mulk qayerda bor ekan? Yoki viloyatlarda 1 kvadrat metri 1 mlndan, viloyat markazlarida 1,5 mlndan kam bölgan mulk bormi?» — deya savol berdi Qudbiyev.
DSQ rahbari masala hammaga bir xil şaroit yaratib beriş haqida ekanligi, bir tadbirkor boşqasidan u yoki bu tartiblarni vaqtida bajarmagani uçun raqobat ustunligiga ega bölmasligi kerakligini taʼkidladi.
Uning sözlariga köra, yangi tartiblar joriy etilganidan söng 21 mingdan ortiq subʼektlarda mol-mulk soliği kamaymoqda. 40 mingdan ortiq tadbirkorlik subʼektida esa köpaymoqda. 7 mingta subʼektda özgarişsiz qolmoqda. 5 mingta soliq tölovçisi mulkini «nol» qiymatda körsatib kelmoqda.









