Keça ijtimoiy tarmoqlarda svetor örnatilgan temir tösinga çiqib olib, viloyat hokimini çaqirib berişlarini talab qilgani haqidagi videoxabar tarqaldi. Uşbu holat 2020 yil 6 iyun kuni Andijon viloyat maʼmuriy sudida körib çiqildi.
Aniqlanişiça, Andijon şahrida istiqomat qiluvçi O.Rasuljonov karantin davom etayotgan paytda, 6 iyun kuni soat 10.00 larda mast holda jamoat joyi hisoblangan Andijon şahar, A.Temur va Bobur şox köçalarida joylaşgan çorrahaga örnatilgan svetoforning temir ustuniga çiqib olib, viloyat hokimini çaqirib berişlarini talab qilgan. Şuningdek, uyatli sözlar bilan öz joniga qasd qilişini bildirib, jamoat tartibi va fuqarolar osoyiştaligini buzgan, içki işlar organi xodimlarini huquqbuzarlikni töxtatiş haqidagi qonuniy talablarini bajarmagan.
Fuqaro Andijon şahar, Sanoat MFY, Temir yöl köçasi, 37-manzilda joylaşgan yaşaş xonadonining 15 kun avval hokimlik vakillari kelib buzilişi haqida aytganidan söng şunday yöl tutişga qaror qilgan. Huqubuzar IIB, Milliy gvardiya va FVV xodimlari yordami bilan setkaga sakrab tuşgan va jiddiy jarohat olmagan. Tekşiruv çoğida uning spirtli içimlik içgani maʼlum böldi.
O.Rasuljonovga Özbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblaşning 2 (ikki) baravari miqdorida, yaʼni 446.000 söm jarima jazosi, Özbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi bilan 15 (ön beş) sutka maʼmuriy qamoq jazosi, Özbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblaşning 1 (bir) baravari miqdorida, yaʼni 223.000 söm jarima jazosi tayinlandi.









