Qaşqadaryoda ayol va erkakni sartaroşxonada nikohlab qöygan soxta mulla 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Maʼlum qilinişiça, biror diniy maʼlumoti bölmagan şaxs tomonidan sartaroşxonada şarʼiy nikohdan ötib xotinlik daʼvo qilgan ayol, xotin ustiga xotin olgan, ayni paytda 4 ayolga uylangan “eriga” qonuniy jazo söragan. Erkak esa bularning heç birini rad qilmagan.
Şu sababli uşbu iş Jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tuman sudi tomonidan körib çiqilib, soxta mullaga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.









