Hozirgi vaqtda kuniga 30 mingtadan 50 mingtagaça qarzdor isteʼmolçilar elektr energiyasidan öçirilmoqda. Bu haqda 24- noyabr kuni «Hududiy elektr tarmoqlari» tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Elektr energiyasini hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etiş işlariga bağişlangan tadbirda «Hududiy elektr tarmoqlari» boşqaruv raisining birinçi örinbosari Jahongir Obidjonovning taʼkidlaşiça, ASKUE loyihasining ahamiyatini töğri tuşunib, qarzini tölayotgan fuqarolar köpçilikni taşkil etmoqda.

«ASKUEni Özbekistonda yölga qöyiş nima uçun zarur?», degan turli savollar köpçilikda tuğilişi tabiiy. Mazkur tizimning amalga oşiriliş jarayoni şaxsan Prezident va hukumat rahbarining nazoratida turibdi. Ötgan davr mobaynida elektr energiyasidan qarzdorlik yildan yilga ösib kelgan. Qarzdorliklarni öz vaqtida undiriş uçun yiğilişlar ötkazilardi, işçi guruhlari tuzilib, hududlarga yuborilardi. Lekin bu maʼlum darajada özining samarasini bermadi. Oxir-oqibat avtomatlaştirilgan tizimga ötişga qaror qilindi.
Hozirda har kuni 30 mingtadan 50 mingtagaça qarzdor isteʼmolçilarni öçiryapmiz. Bu albatta, odamlarning eʼtiroziga sabab bölyapti, tuşunmovçiliklarni ham keltirib çiqarmoqda. Lekin biz hududlarda bölib, fuqarolar bilan suhbatlaşganimizda, aksariyat aholi bu tizimni töğri tuşunib, qarzlarini tölayotganiga amin bölyapmiz. Yuqorida aytganimdek, ular orasida eʼtiroz bildirayotganlar ham yöq emas», — dedi Obidjonov, deya uning sözlarini keltirmoqda «Daryo» muxbiri.
Jahongir Obidjonovning aytişiça, karantin paytida «Hududiy elektr tarmoqlari» özining mijozlarini öçirmagan, qarzdorlarga ham elektr energiyasi berib turgan.
«Aprel sentyabr oylarida umuman öçiriş işlari amalga oşirilmadi. Çunki karantin vaqtida köpçilik uyda böldi, tadbirkorlar faoliyat yuritmadi. Biroq sentyabrdan boşlab tizimni jadallik bilan joriy qilişga kirişilgandan keyin ulangan hisoblagiçlarni öçirişni boşladik. Sababi biz yetkazib berilgan elektr energiya mablağini elektr energiya işlab çiqaruvçilarga tölab berişimiz kerak. Agar bunday qilmasak, ular öz xarajatlarini bajarolmaydi. Energetika sohasida qariyb 55 ming nafar odam işlaydi. Xodimlarga oylik beriş kerak, ular soliğini tölaşi va investitsiyasini qilişi, taʼmirlaş işlarini amalga oşirişi lozim. Bularning hammasiga mablağ talab etiladi. Aholidan sarflangan elektr energiyasi tölovini vaqtida undirib, yetkazib berolmasak, yuqoridagi işlarni qiliş juda oğir.

Isteʼmolçilar ASKUE tizimiga asta-sekin örgansin, degan maqsadda hozir ham öçiriş işlarini juda ehtiyotkorlik bilan amalga oşiryapmiz. Lekin qarzdorlarni öçiriş sonlari kundan-kunga köpayib boryapti. Şuni alohida taʼkidlaş joizki, isteʼmolçilar özi foydalangan elektr energiya mablağini vaqtida tölaşi zarur. Bu tizim şundayki, isteʼmolçi qarzdor bölsa, avtomatik ravişda öçiriladi va bu jarayonda inson omili qatnaşmaydi», — dedi «Hududiy elektr tarmoqlari» rasmiysi.









