Özbekistondagi barça bozorlar sanitariya-epidemiologik tadbirlarini, şu jumladan, dezinfektsiya işlarini amalga oşiriş uçun har haftada bir marotaba yopilişi belgilandi. Bu haqda Özbekistonga Koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilandi.
Bundan taşqari, supermarket va boşqa yirik dökonlarda sanitariya-epidemiologik nazorat kuçaytirilmoqda, uşbu obʼektlarning kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlaş, har bir fuqaroning tana haroratini ölçab, 37 daraja va undan yuqori bölgan yoxud infektsiya alomatlari mavjud bölgan holatda uşbu majmualarga kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlaş, tibbiy niqobda böliş talablari belgilanmoqda.
Sönggi haftalarda mamlakatimizda koronavirus infektsiyasining yengil şakllari yoki kasallik alomatlarsiz ötiş holatlari köpayganligini inobatga olib, şuningdek, Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining bu boradagi tavsiyalarini eʼtiborga olgan holda fuqarolarning soğliğini himoya qiliş va xavfsizligini taʼminlaş maqsadida supermarket va boşqa yirik dökonlarga kirişda ularni bepul qölqop bilan taʼminlaş nazarda tutilmoqda.









