Bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoşga tölmagan bola uçun 500 ming söm — Prezident qarori

Bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoşga tölmagan bola uçun 500 ming söm — Prezident qarori

Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga köra, «Saxovat va kömak» umumxalq harakatini davom ettiriş hamda moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalarning bolalarini qişki kiyim-boş töplamlari, maktab formasi va öquv qurollari bilan taʼminlaş maqsadida 2020 yilning sentyabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam körsatiş belgilangan:

  • moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalarning röyxatlariga («temir daftar») kiritilgan oilalarning 16 yoşga tölmagan bolalariga;
  • boquvçisini yöqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvçi oilalarning 16 yoşga tölmagan bolalariga;
  • nogironligi bölgan 16 yoşga tölmagan bolalarga.

Bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoşga tölmagan bola uçun 500 ming söm etib belgilandi.

Qarorga muvofiq, respublikadagi barça boşlanğiç, umumiy örta taʼlim va soğliqni saqlaş muassasalarining xodimlari markazlaşgan tartibda 2020 yil 1 oktyabrga qadar grippga qarşi bepul emlanadi.

×