Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-6038-son Farmoniga muvofiq kam taʼminlangan va himoyaga muhtoj odamlarga keng kölamli ijtimoiy yordam körsatilmoqda.
Mazkur farmonning 1-bandida nazarda tutilgan bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoşga tölmagan bola uçun 500 ming söm etib belgilangan.
Uşbu bir martalik moddiy yordam qay tarzda yetkazilişi va qaysi toifadagi oila farzandlariga berilişi haqida savollarimizga Moliya vazirligi Boşqarma boşliği Nodir Muslitdinov javob berdi.
— Bu moddiy yordam aholining qaysi qatlamlariga beriladi? Va bundan qanday maqsad közda tutilgan?
— Şu paytgaça «Saxovat va kömak» umumxalq harakati orqali qançadan-qança oilalarga moddiy yordam körsatildi. Endi ana xayrli işni davom ettiriş maqsadida moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalarning röyxatlariga («temir daftar») kiritilgan oilalarning 16 yoşga tölmagan bolalariga, boquvçisini yöqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvçi oilalarning 16 yoşga tölmagan bolalariga, nogironligi bölgan 16 yoşga tölmagan bolalarga bir martalik 500 ming sömdan moddiy yordam beriladi. Yaʼni ota-onalar farzandlari uçun bu mablağga yangi öquv yilida kerakli bölgan kiyim-keçaklar va öquv qurollarini sotib olişi nazarda tutilgan.
— Bu bir martalik yordam boquvçisini yöqotgan oila farzandlariga va nogironligi bor bolalarga beriladigan nafaqaga qöşimça tarzda beriladi, şundaymi?
— Masalan, bir oilada 2 nafar 16 yoşga tölmagan bola bor. Ularga şu paytgaça Pensiya jamğarmasi tomonidan, aytaylik, 350 ming sömdan 700 minggaça söm pul tölab kelingan. Endi sentyabr oyida xuddi öşa aniq bir sanada, belgilangan grafik asosida har bir bolaga beriladigan odatiy nafaqadan taşqari 500 ming sömdan, yaʼni ikki bolaga 1 million bir martalik moddiy yordam beriladi. Yaʼni endi bu oiladagi bolalar oladigan 700 ming söm pensiya puliga 1 mln söm pul qöşiladi.
«Temir daftarga» oilada neça nafar 16 yoşgaça tölmagan bolalar bölsa, ularning har biriga 500 ming sömdan bir martalik nafaqa beriladi.
— Moddiy yordam qanday körinişda beriladi?
— Plastik kartada nafaqani olayotgan bolalarga oyning boşida plastik kartaga taşlab beriladi, naqd pul körinişida olayotganlarga naqd pul körinişida, pensiya jamğarmasi tomonidan beriladi. «Temir daftar»ga kirgan oilalarning röyxatini esa mahalla şakllantiradi.
— Röyxat ayni paytda şakllantirilganmi?
— 810 ming bola uçun 400 mlrd söm pul ajratilgan. Yuqorida aytganimdek, boquvçisini yöqotgan va nogironligi bor bolalarga pensiya jamğarmasi orqali Xalq banki tölab beradi. Lekin bu mablağlar respublika byudjetidan qoplanadi.
— Aytaylik, bir oilada farzandlar ham «Temir daftar»ga kiritilgan, ham Pensiya jamğarmasining boquvçisini yöqotganlik yoki nogironligi böyiça röyxatida ham bor. Bunday paytda ularga bir martalik yordam ikki röyxat asosida beriladimi?
— Yöq. Bunday bolalar bir martalik yordamni faqat pensiya jamğarmasi şakllantirgan röyxat orqali oladilar.
— Mablağlar maqsadli, belgilangan muddatda va manzilli yetkazilişi qanday nazorat qilinadi?
— Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamğarmasi yordam pullarining pensiyalarni (nafaqalarni) tölaş uçun belgilangan muddatda manzilli yetkazilişini taşkil etiş böyiça; Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar, Toşkent şahar, tuman (şahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining hududiy bölinmalari rahbarlari — moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalarning röyxatlariga («temir daftar») kiritilgan oilalarning 16 yoşga tölmagan farzandlari sonidan kelib çiqib, tölov vedomostlari şakllantirilişi hamda tuman (şahar) mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlari orqali ularga moddiy yordam pullarining öz vaqtida va manzilli yetkazilişini taşkil etiş va nazorat qiliş böyiça; Moliya vazirligi — zarur mablağlar Özbekiston Respublikasi respublika byudjetidan mahalliy byudjetlariga öz vaqtida ajratilişi böyiça; Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda — moddiy yordam mablağlarini tarqatiş uçun naqd pul bilan taʼminlaş böyiça masʼul etib belgilangan.
— Farmonning 3-bandida aholining maʼlum qatlamini grippga qarşi bepul emlaş ham nazarda tutilgan.
— Xalq bilan eng köp muloqot qiladigan soha xodimlarining soğliğini muhofaza qiliş maqsadida joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida maktabgaça taʼlim, umumiy örta maktab muassasalarida va soğliqni saqlaş tizimida işlaydigan xodimlar grippga qarşi bepul emlanadi. Soğliqni saqlaş vazirligi ayni paytda har bir taʼlim va soğliqni saqlaş muassasasiga borgan holda xodimlarni emlaş ötkazişni va tegişli soğliqni saqlaş muassasalarini vaktsina va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlaş çoralarini körmoqda.
Yaʼni aholining 1,5 mln nafari tekin, markazlaşgan holda emlanişi uçun byudjet hisobidan 60 mlrd söm mablağ byudjetdan ajratilişi közda tutilgan.









