Samarqandda şarʼiy nikohdagi turmuş örtoği bilan janjal sabab bir yoşga ham tölmagan farzandini öldirgan ota uzoq muddatga qamaldi. Bu haqda “Yangi Davr” informatsion dasturida maʼlum qilindi.
Maʼlum bölişiça, Samarqand şahrida erkak va uning şarʼiy nikohidagi xotini ijarada yaşaşgan.
Qotillik bölgan kuni ayol va sudlanuvçi erkak örtasida janjal kelib çiqqan. Ayol erining aytganini qilmagani uçun sudlanuvçi uning qölidagi 1 yoşga tölmagan bolani olib, uning boşi bilan yerga bir neça marta urgan.
Natijada, gödak voqea joyida vafot etgan. Sudlanuvçi esa jinoyat joyidan qoçib ketgan.
Sud zalida sudlanuvçi iqror bölmagan va öziga qöyilayotgan barça ayblarni rad qildi. Guvohlar esa bölgan voqeani aytib bergan. Guvohlar va jabrlanuvçi deb topilgan şaxslarning körsatmalari bir xil çiqqan. Tergov davomida sudlanuvçi bu işni qanday qilganini ham sözlab bergan.
Mazkur jinoyat işi sudda körib çiqilib, erkakka Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan 2-qismining "v, j" bandlari bilan 18 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.









