Toşkentning Yunusobod tumanida maşina urib yuborgan ikki yoşli bola 24 avgust kuni keçqurun şifoxonada olamdan ötdi, deya xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.
Eslatib ötamiz, hodisa duşanba kuni taxminan 01:10 larda Yunusota köçasida sodir bölgan edi. 31 yoşli Cobalt haydovçisi Toxirxöja A. nazorat qilinmaydigan piyodalar ötiş yölidan onasi bilan ötayotgan bolani urib yuborgan. YTHga haydovçining mast holatda bölgani va piyodani körmay qolgani sabab qilib körsatilmoqda. Qayd etilişiça, Toxirxöja A. — sobiq IIBB xodimi 20 avgust kuni içki işlar organlaridan böşatilgan.
Bolaning ölimidan söng jinoiy iş 266-moddaning 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odam ölişiga sabab bölsa) bilan qayta malakalandi.
Xuddi şu kuni ayblanuvçi qölga olingan. Unga nisbatan ehtiyot çorasini tanlaş böyiça sud majlisi bugun, 25 avgust kuni bölib ötadi.









