Samarqand şahar boş imom-xatibi Nuriddinxon Islomov 73 yoşida hayotdan köz yumdi. Ölim sababi hozirça aniq emas.
Nurriddinxon Islomov 1970 yilda Özbekiston musulmonlari idorasi xodimi vazifasida iş foliyatini boşlagan. 1980−2008 yillar davomida Jizzax viloyati Ğallaorol tumani boş imom-xatibi vazifasida faoliyat olib borgan.
2017 yilgaça Samarqand viloyati boş imom-xatibi vazifasida işlagan.
Eslatib ötamiz, 16 sentyabr kuni Toşkent viloyati boş imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoşida vafot etgan edi.









