Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Karim Kamolov qabrini ziyorat qiliş çoğida koronavirus bilan boğliq vaziyat yuzasidan töxtalib, maktablarni oçiş kerakligini aytdi.
“Hamma mömin-musulmonlarga iltimos qilişimiz kerak. Har bir inson öziga qarasa, eson-omon ötib ketamiz. Boşqa yöl yöq. Köryapsiz-ku, Jahon Soğliqni saqlaş taşkiloti pandemiya davomiyligini ikki yil deyapti. Ikki yil degani, biz örganişimiz kerak şunga. Yiğilmaslik kerak. Tuğilgan kun, töylar, hammasi böladi, Xudo xohlasa. Mustaqillikni ham uyda ötkazamiz, boşqa iloj yöq. Maktablarni oçişimiz kerak. Qanday oçamiz? Nabiralarimiz bor, bolamiz bor. Qanday ularni jönatamiz?”, dedi Prezident.
Şavkat Mirziyoyev har bir inson özini-özi, qarindoş-uruğlarini va yaqinlarini asrab avaylaşi kerakligini aytdi. Davlat rahbari 60-65 yoşdan oşganlarni qattiq himoya qiliş zarurligini ommaga tuşuntiriş kerakligini taʼkidladi.









