Frantsiyaning "Pari Sen-Jermen" va Germaniyaning "Bavariya" klublari örtasidagi Yevropa çempionlar ligasining final uçraşuvi yakunlandi.
Kutilganidek, myunxenliklar jamoaviy öyinda ustunlik qiltgan bölişsa, parijliklarning hujum çiziği vakillari individual mahorat va bir-birlarini yaxşi tuşunişlari evaziga raqibni qiyin ahvolga tuşirib qöyişga harakat qilişdi.
Birinçi bölim davomida "PSJ" golga tortadigan 3ta vaziyat yaratdi: Neymarning zarbasini Noyer qaytardi, Di Mariyaning zarbasiga aniqlik yetişmadi, Mbappe esa yaqin masofadan kuçli zarba bera olmagani uçun posbon töpni egallab oldi.
"Bavariya" esa tanaffusga qadar 2ta golga tortadigan vaziyatni yuzaga keltirdi: Levandovskining birinçi zarbasidan keyin töp ustunga tegib qaytgan bölsa, ikkinçi vaziyatda polşalik futbolçi tomonidan boş bilan berilgan zarbani Keylor Navas qaytardi.
Ikkinçi taymda "Bavariya" töp nazoratini yanada kuçaytirdi hamda baʼzi vaziyatlarda Neymar va Di Mariyaga nisbatan qöpollik işlatib, ularni asabiylaştirdi. Bahsning 59-daqiqasida esa hisob oçildi. Yozua Kimmix jarima maydoni burçagidan olis ustun tomon uzatma berdi. Levandovski himoyaçilarni çalğitdi hamda Kingsli Koman xotirjam holatda boş bilan darvozani zabt etdi.
Oradan 3 daqiqa ötib germaniyaliklar yana şunday hujum taşkil etişdi. Koman bu safar oyoq bilan zarba bergan bölsa, Tiago Silva şundoqqina çiziq oldida töpni qaytarib qoldi.
Şundan söng "PSJ" öz öyinini kuçaytirib, hujumga öta boşladi. Uçraşuvning 70-daqiqasida Di Mariyaning ajoyib pasidan keyin Markinos raqib jarima maydoniga kirib keldi va yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Noyer oyoği bilan töpni qaytarib qoldi.
Ikkinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda parijliklar yaxşi hujum taşkil etişdi. Mbappening uzatmasidan keyin Neymar jarima maydoni içida töpni egalladi va zarba berdi. Şupo-Moting oldidan ötib ketayotgan töpni darvoza tomon bura olmadi.
Xulosa. Öyin va töp nazorati jihatdan "Bavariya" ustunlikka ega böldi, golga tortadigan vaziyatlar yaratişda "PSJ" ustunlik qildi. Ammo yuqori saviyadagi futbolçilar muhim pallalarda gol ura olişmadi. Sovuqqon germaniyaliklar esa kerakli töpni kiritişdi va Yevropa çempionlar ligasi sovrinini qölga kiritişdi!
Yevropa çempionlar ligasi. Final
"PARI SEN-JERMEN" - "BAVARIYA" - 0:1 (0:0)
Gol: 0:1 – 59 Koman.
PSJ – Navas, Kimpembe, Kerer, Tiago Silva, Markinos, Errera (Draksler, 72), Paredes (Verratti, 65), Di Mariya (Şupo-Moting, 80), Bernat (Kurzava, 80), Mbappe, Neymar.
Bavariya – Noyer, Boateng (Zyule, 25), Alaba, Kimmix, Gorettska, Devis, Alkantara (Tolisso, 86), Koman (Perişiç, 68), Gnabri (Koutino, 68), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirişlar: Devis (28), Paredes (52), Gnabri (52), Zyule (56), Neymar (81), Tiago Silva (83), Kurzava (85), Myuller (90).









