Ayni kunlarda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi delegatsiya Germaniyada bölib turibdi.
Keça, 11 noyabr kuni Germaniyaning Bavariya federal ölkasi Boş vaziri Markus Zyoder Instagram sahifasiga Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov bilan birgalikda Myunxenning “Bavariya” futbol klubi libosini uşlab turgani aks etgan suratni joylaştirdi.
“Markaziy Osiyodan Bavariyaga xalqaro taşrif: Özbekiston Boş vaziri va “Bavariya” jamoasi muxlisi hisoblangan Abdulla Aripov bilan suhbat. Bavariya aloqalarni yaxşi yölga qöygan. Özbekiston işonçli xalqaro hamkordir. Uşbu mamlakat Afğonistondan aholini evakuatsiya qiliş paytida Bundesverni qöllab-quvvatladi”, deya yozib qoldirgan Zyoder.
Eslatib ötamiz, Afğonistonda "Tolibon" harakati hokimiyat tepasiga kelgaç, Germaniya mamlakatdagi fuqarolarini va öziga yordam bergan afğonlarni evakuatsiya qildi. Bunda rasmiy Toşkent öz aeroportidan tranzit hudud sifatida foydalanişga ruxsut berdi.









