UEFA özining asosiy musobaqasi uçun muhim yangiliklarni eʼlon qildi. 2026 yilda Budapeştda bölib ötadigan finaldan boşlab, UEFA Çempionlar Ligasi finalining start vaqti odatdagi 21:00 dan 18:00 ga köçiriladi. Bu haqda “Marca” naşri xabar berdi.
Bu bilan endi YEÇL finali Toşkent vaqti bilan 00:00 da emas, 21:00 da boşlanadi.
Manbaga köra, bu qaror muxlislar, jamoalar va mezbon şaharlar uçun qulaylik yaratiş, logistika va taşkiliy jarayonlarni yaxşilaş hamda umumiy tajribani boyitiş maqsadida qabul qilingan.
“Maqsadimiz – öyin kunini nafaqat futbol, balki öyinning bir qismi bölişni istagan har bir kişi uçun çinakam zavqli tajribaga aylantiriş. Şu bilan birga, oilalar va bolalar uçun mavsumning eng muhim klub futbol öyiniga taşrif buyurişni osonlaştiradigan mehmondöst muhit yaratmoqçimiz”, dedi UEFA vakillari.
Yangi vaqt sayohat qiluvçi muxlislar uçun ham qulaylik tuğdiradi. Ular öyindan keyin jamoat transportidan bemalol foydalanib, xavfsizroq va tezroq qaytiş imkoniga ega böladi. Mezbon şaharlar uçun esa bu – futbol bayramini uzoqroq davom ettiriş va iqtisodiy ijobiy taʼsirni kuçaytiriş imkonini beradi.
“Hafta örtasidagi öyinlar uçun soat 21:00 mos bölsa-da, final odatda şanba kuni ötkaziladi. Ertaroq boşlanişi öyin qöşimça vaqt yoki penaltilargaça çözilsa ham baribir oldinroq yakunlanişini taʼminlaydi. Bu esa muxlislarga döstlari va oilalari bilan keçqurun vaqt ötkaziş imkonini beradi”, deydi UEFA prezidenti Aleksandr Çeferin.
Yevropa futbol muxlislari uyuşmasi (FSE) boş ijroçi direktori Ronan Evain ham qarorni olqişladi.
“Bu muxlislar uçun katta yangilik va biz uni çuqur qöllab-quvvatlaymiz. Oxirgi ikki yil davomida UEFA bilan hamkorlikda klub finallarida muxlislar tajribasini yaxşilaş ustida işladik. Ertaroq boşlaniş sayohatdagi taşvişlarni kamaytiradi, stressni yöqotadi va muxlislarning zavqini oşiradi”, deydi u.
UEFA reglamentga ham özgartiriş kiritdi. Reglamentning 16.03 bandiga muvofiq, 2026-2027 yilgi mavsumdan boşlab ikki jamoa ketma-ket uç mavsum davomida bir mezbon jamoasiga qarşi bir musobaqada töqnaş kelişi mumkin bölmaydi.
Masalan, agar 2024-2025 yilgi mavsumda guruh bosqiçida uçraşgan jamoalar 2025-2026 yilda ham öşa uy jamoasi bilan töqnaşsa, ularda 2026-2027 yilda yana şunday holat kuzatilmaydi, biroq ikki jamoa öz maydonida navbatma-navbat öynaşi mumkin.









